

Ma'lumotlarga ko'ra, 31 yoshli hujumchi bugun bo'lib o'tgan "Rayo Valekano"ga qarshi tayyorgarlikini o'tkazib yubordi. "Qirollik klubi" hozircha fransiyalik borasida hech qanday ma'lumot bergani yo'q. Futbolchi yakshanba kuni bo'ladigan bahsda ishtirok etmasligi mumkin. Mashg'ulotda Serxio Ramos va Alvaro Odriosola ham ishtirok etmadi.
Benzema joriy mavsum "Real" safida 51ta uchrashuvda maydonga tushib, 30ta gol urdi va 10ta golli pas berdi.



