Benzema La Liga tarixidagi to'purarlar ro'yxatida Raul bilan tenglashdi. Oldinda esa 4 futbolchi bor

Eldor Akmurzayev
23 yanv 2023, 08:40
Ispaniya chempionati 18-turida “Real” safarda “Atletik”ni Karim Benzema va Toni Kroosning gollari evaziga 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Benzema La Ligadagi 228-golini urdi va bu borada musobaqadagi to'purarlar ro'yxatida Alfredo Di Stefanoni (227 gol) ortda qoldirib, beshinchi o'rindagi Raul Gonsales bilan tenglashdi.

Ulardan oldinda esa Ugo Sanches (234), Telmo Sarra (253), Krishtianu Ronaldu (311) va Lionel Messi (473) bor.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru