Benzema: "Bu vaqtinchalik holat, biz keyingi turnirga kuchliroq holda qaytib kelamiz"
05 iyu 2021 00:43
Yangiliklar
Benzema: "Bu vaqtinchalik holat, biz keyingi turnirga kuchliroq holda qaytib kelamiz"
Franciya va "Real" hujumchisi Karim Benzema Evro-2020'da terma jamoani qo'llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildirdi. Franciya jamoasi 1/8 final bosqichida musobaqani tark etdi.
"Franciya jamoamizni eng yuqori pog'onada ko'rishni istardim. Bizga ishonch bildirgan muxlislarga rahmat. Mag'lubiyat va qiyinchiliklar o'z ustimizda ishlashga undaydi.
Bu vaqtinchalik holat, biz keyingi turnirga kuchliroq holda qaytib kelamiz.
Terma jamoaga qaytishimni iliq munosabatlar bilan kutib olgani uchun barcha jamoadoshlarimga, xodimlarga va butun Franciyaga minnatdorchilik bildirmoqchiman", — deydi forvard.
Eslatib o'tamiz, Karim Mate Valbuena bilan bo'lgan mojaro tufayli deyarli olti yil terma jamoaga chaqirilmagandi.
Fikrlar