Benzema "Al Ittihod" tarkibi kuchayishini xohlamoqda
27 jan 2024 20:02
Yangiliklar
Benzema "Al Ittihod" tarkibi kuchayishini xohlamoqda
Saudiya Arabistoni futboli rahbarlari Karim Benzemaning Evropaga qaytishiga qarshi.
Malumotlarga ko'ra, mamlakatdagi top klublar investiciyalarini boshqaradigan Saudiya Arabistoni Suveren Jamg'armasi (PIF) "Al Ittihod"ning 36 yoshli forvardining Evropaga qaytishini eshitmoqchi emas.
Klub rahbariyati bilan kelisha olmayotgan Benzema mashg'ulotlarga 17 kun kech kelgan. Franciyalik jamoa yanada raqobatbardosh bo'lishi uchun unga yuqori darajadagi futbolchilarni olish kerak deb hisoblamoqda. SHu sababli u "Al Hilol" darajasida tarkib kuchayishini xohlayapti.
Bundan tashqari, klub undan murabbiy haqida fikr so'rashi kerak ekan.
PIFdagilar futbolchining talab va takliflarini ko'rib chiqib, optimal qaror qabul qilish ustida ishlamoqda.
Fikrlar