Benites: "Reyna bilan munosabatlarimiz yaxshi, ammo u "Napoli" futbolchisi"

Aslanov Jasurbek
31 may 2017, 17:12
"Nyukasl" bosh murabbiyi Rafael Benites "Napoli" posboni Pepe Reynaning ingliz klubiga o'tishi haqida fikr bildirdi.

"Reyna bilan munosabatlarimiz juda yaxshi, u ajoyib posbon. Bundan tashqari, Reyna kiyinish xonasida yetakchi.

Agar u "Napoli"dan ketsa, biz uni jamoaga taklif qilgan bo'lardik, ammo u hozir boshqa jamoa futbolchisi. "Napoli"ni hurmat qilaman. Klub bilan maqsadlarimiz haqida gaplashib olish kerak" - deydi Benites.

Rafael Benites "Nyukasl"ni Premer-ligaga qaytardi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports