Benites: "Ehh, barchasi yaxshi boshlangan edi"
07 okt 2018 11:07
Yangiliklar


Benites: "Ehh, barchasi yaxshi boshlangan edi"
"Bunga ishona olmayapman... Ehh, barchasi yaxshi boshlangan edi. Hisob 2:0 vaqtida biz uchinchi golni ham urishimiz kerak edi. Yuqori saviyali jamoa bilan uchrashuvni nazorat qilayotgandik. Birinchi golni o'tkazib yuborganimizdan so'ng bizda muammolar boshlandi. Bizda zaxira tor, raqiblarda esa o'rindiqdan maydonga tushib, o'yinni kuchaytira oladiganlar ko'p edi. Ularni to'xtatish esa ancha qiyin bo'ldi.
O'tgan o'yinlarda biz tartibli o'yin ko'rsatib, ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lgandik. Bugun esa ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik va bu yakuniy natijaga jiddiy tasirini o'tkazdi. Endi xotirjamlikni saqlab qolishimiz va o'z ustimizda ishlashimiz kerak. Endi keyingi o'yinlardagi g'alabani o'ylashimiz darkor", - dedi Benites.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar