"Benfika"ning so'nggi 10 yildagi ajoyib biznesi
01 fev 2023 13:24
Yangiliklar
"Benfika"ning so'nggi 10 yildagi ajoyib biznesi
Oxirgi kundagi eng katta kelishuv "Benfika" va "CHelsi" o'rtasida amalga oshirildi.
Yangi o'yinchilarni sotib olishda to'xtash nimaligini bilmagan "CHelsi" va uning yangi xo'jayini Todd Bouli kecha ham qatordan qolishni istamadi. Klub "Benfika"ning argentinalik markaziy yarim himoyachisi Enco Fernandes uchun uning shartnomasida ko'rsatilgan summani to'lashga rozi bo'ldi. Kamiga ehtimoliy bonuslar ham bor.
"CHelsi" "Benfika"ga 121 mln evro to'laydi. Bu APL tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. Bouli oxiri rekordni urdi. Bundan oldingi rekord Jek Grilishning "Aston Villa"dan "Manchester Siti"ga o'tishi bo'lgandi.
Qizig'i, "Benfika" Enconi yozda "River Pleyt"dan bor yo'g'i 10 mln evroga sotib olgandi. Yarim yilda 110 mln foyda, lekin portugaliyaliklar bu summaning hammasini o'zlari olishmaydi. Enconing shartnomasiga ko'ra, "CHelsi" to'laydigan summaning 25 foizini uning oldingi klubi "River Pleyt" oladi.
SHu o'rinda "Benfika"ning 2012 yildan beri sotgan eng qimmat o'yinchilari 10taligini keltirib o'tamiz.
1. Joau Feliks ("Atletiko"ga, 2019) - 135.5 mln dollar
2. Enco Fernandes ("CHelsi"ga, 2023) - 130.4 mln dollar
3. Darvin Nunez ("Liverpul"ga, 2022) - 84.8 mln dollar
4. Ruben Diash ("Manchester Siti"ga, 2020) - 75.9 mln dollar
5. Ederson ("Manchester Siti"ga, 2017) - 42.4 mln dollar
6. Aksel Vitsel ("Zenit"ga, 2012) - 42.4 mln dollar
7. Raul Ximenes ("Vulverxempton"ga, 2019) - 40.3 mln dollar
8. Nelson Semedu ("Barselona"ga, 2017) - 37.8 mln dollar
9. Viktor Lindelyof ("Manchester Yunayted"ga, 2017) - 37.1 mln dollar
10. Renato Sanshesh ("Bavariya"ga, 2016) - 37.1 mln dollar.
Fikrlar