“Benfika” ustozi Jerrardni “CHelsi” afsonasi deb atadi
25 noy 2020 20:15
Yangiliklar
“Benfika” ustozi Jerrardni “CHelsi” afsonasi deb atadi
Evropa Ligasi 4-turi doirasida ertaga o'tkaziladigan “Reynjers” – “Benfika” bahsi oldidan mehmonlar ustozi Jorje Jezush matbuot anjumanida xatoga yo'l qo'ydi.
“Jerrard – jahon futboli va ayniqsa “CHelsi”ning afsonasi hisoblanadi”, degan Jezush.
Malumot o'rnida, “Reynjers” ustozi Stiven Jerrard 1998-2015 yillar davomida “Liverpul” sharafini himoya qilgan. 2016 yil esa “Los-Andjeles Gelaksi” safida futbolchilik faoliyatini yakunlagandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar Jerrardning 2013/14 yilgi mavsum "CHelsi"ga qarshi o'yinda yo'l qo'ygan xatosini eslashdi, bu esa yakunda mersisaydliklar uchun APL chempionligi boy berilishi bilan tugagandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar