"Benfika" prezidenti matbuotda Felishning narxini elon qildi
09 iyu 2019 11:14
Yangiliklar
"Benfika" prezidenti matbuotda Felishning narxini elon qildi
"Benfika" prezidenti Luish Filipe Vieyra yarim himoyachi Joau Felishning jamoadan ketishiga qarshi emas.
"Biz barchamiz kelishgan holda Felishni 120 million evrodan kamiga sotmaslikni kelishib oldik. Futbolchining o'zi esa ketishni istamoqda. Ammo biz uning qolishi uchun harakat qilyapmiz. Unga bir necha takliflar bo'ldi. Ammo biz uni yana bir mavsum o'zimizda ushlab turishni o'ylayapmiz", - dedi Vieyra.
Oldinroq uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'layotganligi aytilgandi.
Fikrlar