So’nggi yangiliklar

12:23ЖЧ-2026 саралаши. Қатар терма жамоасининг бўлажак ўйинлар учун таркиби маълум   0 11:54Футзал. Марокаш футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 11:40Жейдон Санчо: "Тўғрисини айтсам, ёшлигимда Дидье Дрогба ва Фрэнк Лэмпард кумирларим эди"  3 11:11Карикатура: Каземиро "Олд Траффорд"да "Ливерпул"га эшикларни очиб берди  3 10:33Муҳаммад Салоҳ келаси ёзда "Ливерпул"ни тарк этиши мумкинлигини маълум қилди  0 09:51Эрик тен Хаг: "Мен сиздек инсонларга ачинаман"  13 09:20Арне Слот 88 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди  3 08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  3 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  3 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  5 08:10А Серия. 3-турнинг марказий учрашувида ҳисоб очилмади, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  6 07:51Мбаппе ўзини "Реал"да Роналдунинг вориси деб ҳисоблайдими? деган саволга жавоб берди  2 07:24Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  1 06:45ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Бетис", Мбаппе ЛаЛигадаги биринчи голини урди  1 02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  46

"Benfika" - o'yinchilarni sotish bo'yicha dunyodagi eng zo'r jamoa. Ular qanday qilib buning uddasidan chiqyapti? Yangiliklar

"Benfika" - o'yinchilarni sotish bo'yicha dunyodagi eng zo'r jamoa. Ular qanday qilib buning uddasidan chiqyapti?

Portugaliyaning "trasferlar mashinasi" haqida.

"Portugaliya futbolchilarni tarbiyalaydi va kuchliroq qilib sotishi ananaga aylanib ulgurgan, — deydi "Benfika" akademiyasi direktori Pedru Mil-Xomensh ESPN nashriga bergan intervyusida. — Bizning ligamiz uzoq vaqt yuqori cho'qqida turolmaydi. Buning uchun qimmat tele huquqlar, klublarning katta byudjeti va top-ligadagi yosh o'yinchilarni sotib olish uchun moliyaviy kuch kerak. Akademiyadan biror iqtidorli futbolchi chiqqandagina, klublarimiz qandaydir yutuqqa erishishi mumkin. Bunga ko'nikish kerak".

Bu fikr "Benfika" nima uchun butun Evropa va Janubiy Afrikaning yosh futbolchilari uchun markazga aylanganini qisqacha tushuntirib beradi.


Bo'lajak yulduzlar ko'pincha o'z tengdoshlariga qaraganda kuchsizroq bo'ladi. Ular o'z texnikasi ustida ishlashi uchun muhit yaratib beriladi

"Benfika" akademiyasida 470ta bola bor. Ular 6 yoshdan 13 yoshgacha bo'lgan bolalarni qabul qilishadi. "Boshqalar tan olmaydigan narsalarni biz ko'ra olamiz. Muvaffaqiyatimizning siri — katta futbolda kim katta yutuqlarga erisha olishini bashorat qilish, — deydi "Benfika" akademiyasi texnik direktori Rodrigu Magalesh.

Bu biroz takabburlikdek tuyular, ammo sxemaning mohiyati — kuchli tomonlarni farqlash va malum bir o'yin tizimi manfaatlari uchun ularni yo'qotmaslikdadir.

"Kichik yoshdagilar guruhida natijaga urg'u berilmaydi. Bolalar o'yindan zavqlanishi, o'zini erkin tuta olishi, ehtiros bilan o'ynashi va qiyinchiliklarni engib o'tishi kerak", — deydi texnik direktor Pedru Markesh.

Har birida barcha xususiyatlarni o'z ichiga olgan individual rivojlanish dasturi bo'ladi — texnikadan tortib, ovqatlanish tartibigacha. Murabbiy va o'smirlar uch oylik reja tuzib oladilar — avgustdan oktyabrgacha, noyabrdan yanvargacha, fevraldan aprelgacha. Oldilarga maqsad qo'yib, o'tgan 12 hafta natijalarini muhokama qilishadi.

"Bernardu Silva 9 yoshdan 13 yoshigacha ajoyib o'yinchi bo'lgan, lekin 14-16 yoshda tengdoshlariga nisbatan ancha yomon o'ynagan, — deydi Magalesh. — Silva yoki Joau Feliks ochilishi uchun faqat vaqt kerak edi. Ular jismonan ortda bo'lishiga qaramay, o'yinni yaxshi tushunishadi, qaror qabul qila olar va texnik tomondan oldinda edilar. Bizning vazifamiz — ana shunday o'yinchilar rivojlanishi uchun muhit yaratib berish. CHunki ular jismonan tengdoshlariga etib olishganida, top klublarga o'tib ketishadi".

Jismonan kuchsiz bo'lgan bolalar texnikasini takomillashtirishi va atrof-muhitga moslashishi uchun o'zidan kichik bo'lgan bolalar guruhida o'ynaydilar. Yoshiga nisbatan baquvvatroq bolalar esa o'zidan yoshi kattalar jamoasida to'p tepadi. "Benfika" va Portugaliya terma jamoasining bo'lajak yulduzlari ko'pincha "akademiya yo'lining" asosiy qismida qolganlardan kuchsizroq ko'rinadi. "Siti" himoya chizig'ining hozirgi yulduzi Ruben Diash bilan ham xuddi shunday holat bo'lgan.

"Ruben "Benfika"ga kelganida, o'rtamiyona o'yinchi edi, — davom etadi Magalesh. — Texnikasi yomon emas, lekin juda yaxshi ham emasdi. U mehnatsevarligi bilan muvaffaqiyat qozona oldi. Diash 11 yoshigacha "Eshtrela" safida "Benfika"ga qarshi qanday o'ynaganini ko'rganman. Diash maydonda xuddi general kabi edi. Safimizga uni etakchiligi va sheriklari bilan gaplashish qobiliyati olib kelgan".


13 yoshdan boshlab "Benfika" akademiyasi o'yinchilari haftasiga etti soatni maydonda o'tkazishadi. 90-120 daqiqa davomida esa o'zlarining zaif tomonlari ustida ishlashadi.


Yosh vingerlarning mashg'uloti qanday o'tishini quyidagi video orqali ko'rishingiz mumkin:




Agar futbolchilar juda uzoq o'ylasa yoki dangasalik qilsa, tizim ularni jazolaydi: maydonga bir vaqtda ikkita to'p tashlanadi. Agarda bolalar astoydil mehnat qilib, yaxshi mashg'ulot qilsa, ularga chalqancha uslubdagi zarbalarni mashq qilishga ruxsat beriladi. 

"Bazi mashg'ulotlar individual, bolalar darhol natijani ko'rishadi va avvalgi mashg'ulotlari bilan uni solishtirishlari mumkin bo'ladi. SHuningdek, murabbiy va analitiklarning tahlilini ko'rib chiqishlari mumkin, — deydi Benfica Lab tahlilchisi. — Biz biror maxsus mashqlarga bog'lanib qolmaganmiz, o'zimiz qandaydir mashq o'ylab topa olamiz. Bu bilan bolalar uchun sevimli bo'lgan interaktiv mashg'ulot tashkillashtiriladi".


Kattalar futboliga moslashish oson kechishi uchun 13 yoshgacha hamma 4-3-3 taktikasi bo'yicha o'ynaydi, keyin esa qolgan sxemalar bo'yicha harakatlanishadi

"O'yinchilardan maksimal darajada foyda olish uchun, avvalo, ularning ishonchini qozona olishingiz kerak, — deydi "These Football Times" nashriga bergan intervyusida "Benfika" U-15 murabbiyi Luis Nasimentu. — Ular nima qilayotgani va nima uchun qilayotganini tushunishlari lozim. Men bu yigitlar bilan bolaligidan beri birga ishlayman va ularga qanday tasir ko'rsatishni bilaman. Biz ular bilan asosan individual tarzda ishlaymiz. Faqatgina shu yo'l orqali ular boshqalar oldida masuliyatni his qiladigan va jamoa uchun o'zini qurbon qila oladigan shaxsga aylanishadi".

13 yoshga qadar barcha bolakaylar 4-3-3 sxemasi bo'yicha harakatlanadi. Keyin esa kattalar futbolida murabbiy talablariga tezroq moslashish uchun turli o'yin modellarini o'rganishadi.

"Biz ularda qaror qabul qilish va o'yinni ko'ra bilish qobiliyatini shakllantira olishmiz kerak", — deydi "Benfika" U-19 murabbiyi Luis Arauju "Goal.com" nashriga bergan intervyusida. — Ularga faqat bir sxema bo'yicha o'ynashni o'rgatish noto'g'ri bo'ladi. Agar futbolchi o'z klubini o'zgartirsa yoki u to'p tepayotgan jamoa bosh murabbiyi almashsa, ular shunchaki nima qilish kerakligini bilmay qolishadi. O'ylashimcha, aynan shu sababli ham Pep Gvardiola akademiyamiz futbolchilarini juda yaxshi ko'radi. SHuning uchun, yosh futbolchilarni turli futbol usullarini tushunadigan qilib tarbiyalash zarur".

"Manchester Siti"ning 2020/21 chempionlik g'alabasida klub safida "Benfika" akademiyasining 4ta tarbiyalanuvchisi bo'lgan: Ruben Diash, Bernardu Silva, Joau Kanselu va Ederson. Ulardan ikkitasi klub tarixida eng qimmatga sotilgan o'yinchilar ro'yxatida top-3likdan o'rin olgan.


"Benfica Campus akademiyasi 2006 yilda ochilgan va bugungi kungacha klubga 500 million evro foyda olib keldi, — degandi 2021 yil fevralida akademiya direktori Xil-Xomensh. — O'rtacha yillik byudjetimiz 10-12 million evroni tashkil etadi. Demak, investiciyalar samara berdi: bitta akademiya qurilganidan beri uning sof foydasi taxminan 250 milliondir".

Aynan o'yinchilarni tarbiyalay olish qobiliyati "Benfika"ni transferlar bo'yicha dunyodagi eng samarali klub qila oldi.

Transfer daromadi (15 yil ichida 1,2 milliard evroni tashkil qildi) — Evropa bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichda ("CHelsi" va "Yuventus"da biroz kamroq). Xayron bo'lmang, bu erda yangi futbolchilarni sotib olishga ishlatilgan mablag' borasida "Benfika" va boshqa jamoalar o'rtasidagi farq juda katta.  


"Benfika" — futbolchilarni eng yaxshi sotadigan klub, lekin transferlarsiz ham pul topishni endi o'rganmoqda...

"Benfika" futbolchilarni tarbiyalash klub siyosatining muhim bo'lagi ekanligini yashirmaydi – transferlarsiz klub byudjeti ancha kamroq bo'lardi. U qadar katta bo'lmagan Portugaliya (aholisi – 10 mln inson) hech qachon iqtisodiy tomondan Germaniya yoki Buyuk Britaniyadan kuchliroq bo'lib keta olmaydi, Portugaliya chempionati esa hech qachon A Seriya yoki La Liga kabi mablag' topa olmaydi.

"Top-5"ning ko'plab klublari telehuquqlarning o'zidan shunchalik yaxshi pul topishadiki, boshqa daromad manbaalarini izlab ham o'tirishmaydi. APL"ning oxirgi klubi mediahuquqlardan bizdan ko'ra uch barobar ko'proq topadi, La Liganing oxirgi jamoasi esa – xuddi shuncha foyda ko'radi, – takidlaydi "Benfika" ijrochi direktori Domingush Soaresh de Oliveyra. – Bozordagi vaziyat shunday, biz esa boshqa yo'llarni izlashga majburmiz.


Bizga noto'g'ri davlatdagi to'g'ri klub deb qarashadi. Portugaliya haqida hech qanday yomon gap ayta olmayman – shunchaki bu er u qadar katta bo'lmagan davlat. Albatta, biz o'zimizning rivojlanish strategiyamizni Angliya yoki Ispaniyada qo'llaganimizda, natijalar shunchaki fantastik darajada bo'lishini yaxshi bilamiz".

"Benfika" Portugaliya chempionatining boshqa klublaridan alohida "kun ko'radi". 2013 yil klub o'z o'yinlari telehuquqlarini umumiy paketda sotishdan bosh tortgan va o'zining alohida telekanalini ochgan.

Albatta faqatgina asosiy tarkib va yoshlar tarkibi o'yinlarini ko'rish uchun eng ashaddiy muxlislargina pul to'lashga rozi bo'lardi. SHuning uchun translyaciyalar boshlangan ilk mavsumdayoq (2013/14) klub kanalida voleybol, gandbol, basketbol, Greciya, Braziliya chempionatlari uchrashuvlari, MLS va APL o'yinlari namoyish qilinardi.

2013/14-yilgi mavsum oxiriga kelib biz 300 mingdan ziyod obunachiga ega bo'ldik (10 evrodan) va taxminan 28 million evro ishladik. 2016 yilga kelib mediadan kelayotgan daromad ikkibarobarga oshdi.

"Avvallari bizga telehuquqlar uchun bor yo'g'i 7,5 million evro to'lashardi, endi esa biz 40 mln topyapmiz. Demak, aslida bizga ko'proq mablag' to'lashlari kerak bo'lgan", – deydi Domingush Soaresh de Oliveyra.

2020 yil yanvar oyida "Benfika" klubning OTT-platformasi Benfica Play"ni ishga tushirdi. Unga oyiga 2-3 evro evaziga obuna bo'lish mumkin, to'lovni esa kriptovalyutada ham qabul qilish yo'lga qo'yilgan.

"Kelajakda kontent daromadning eng muhim drayveriga aylanadi, – degandi Benfica TV haqida de Oliveyra. – Muxlis va tomoshabinlar yangi, qiziqarli nimadir kutishadi. Hamda unikal kontent uchun ular malum miqdorda pul to'lashga tayyorlar".

Bu ish ulkan foyda keltirmasligi mumkin, ammo biroz bo'lsada transferlarga qaramlikdan halos etadi – chindan.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика