"Benfika" "Inter" yarim himoyachisini ijaraga oldi
01 sen 2021 17:16
Yangiliklar


"Benfika" "Inter" yarim himoyachisini ijaraga oldi
Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Valentino Lazaro Portugaliya chempionatida to'p tepadi.
"Benfika" 25 yoshli futbolchining transferini amalga oshirdi. Tomonlar joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan ijara shartnomasini tuzishdi. Bu haqda "burgutlar" rasmiy sayti xabar bermoqda.
Lazaro 2019 yilda "Inter" o'yinchisiga aylandi, ammo u "neradzurrilar" tarkibida deyarli o'ynamadi. Futbolchi "Nyukasl" va Gladbaxning "Borussiya" klubida ijarada o'ynadi.
Valentino o'tgan mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar