"Benfika" hujumchisi Nunes agentini o'zgartirishga qaror qildi. U Jorje Mendesh bilan ishlaydi

Alisher
8 apr 2022, 11:27
"Benfika" hujumchisi Darvin Nunes yozda klubdan ketmoqchi.

Futbolchi rasmiy sahifalarida oldingi agenti bo'lmish Edgardo Lasalvi bilan hamkorlikni to'xtatayotgani e'lon qildi.

22 yoshli forvard endilikda taniqli portugaliyalik agent Jorje Mendesh bilan hamkorlik qiladi.

Nunes joriy mavsum "Benfika" tarkibida barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 28ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Uning jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: football-espana.net