Benedikt Xevedes butsalarini "mixga ildi"
02 avg 2020 15:59
Yangiliklar
Benedikt Xevedes butsalarini "mixga ildi"
Moskvaning "Lokomotiv"i, "SHalke", "Yuventus" va Germaniya termasidagi o'yinlari bilan dunyo nazariga tushgan himoyachi Benedikt Xevedes 32 yoshga kirganda faoliyatini yakunladi.
"So'nggi 2 yil mobaynida "Lokomotiv" tarkibida 50dan oshiq uchrashuvda qatnashdim. Sovrinlar qo'lga kiritdik. Tajribam barcha joyda qo'l keldi.
Yaqindagina oilam bilan Franciya janubiga safar uyushtirdik va shunda oilam bilan birga bo'lishim kerakligini tushundim. Futbol mening aqlimni ayirdi. Hozirda o'g'lim 2 yoshda, Moskvadaligim uchun uni kam ko'raman. Oilamni juda sog'ingan ekanman.
Juda og'ir qadam. Futbolni sevaman. Ammo bugungi kun qachondir bo'lishi kerak", - dedi Xevedes.
Benedikt o'z vaqtida Germaniya termasi bilan 2014 yilgi mundial g'olibiga aylandi, Evropa chempionatida ikki marta bronza medallarini ham qo'lga kiritgan.
Fikrlar