Ben Arfa PSJga qarshi sudda yutib chiqdi
08 mar 2023 14:09
Yangiliklar
Ben Arfa PSJga qarshi sudda yutib chiqdi
Hujumchi Xatem Ben Arfa "manaviy taqib" uchun PSJga qarshi sudda g'alaba qozondi.
U ish haqi va manaviy zarar uchun 100 ming evro tovon puli oladi.
Ben Arfa 2016 yildan 2018 yilgacha PSJ o'yinchisi bo'lgan. 2017 yilning aprelidan 2018 yilning iyuniga qadar parijliklar asosiy jamoasidan chetlatilgan. U buni adolatsizlik deb hisoblagan.
Franciyalik futbolchi Parij klubidan shartnomaga rioya qilmagani uchun 7 milliondan 8 million evrogacha tovon puli talab qildi.
PSJ safida Ben Arfa barcha musobaqalarda 32 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan hamda 7 ta golga hammualliflik qilgan.
Fikrlar