Belsa Saudiya Arabistoni terma jamoasini boshqarish uchun taklif oldi
19 fev 2015 11:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/162700_original.jpg)
![](/upload/storage/162700_220.jpg)
Belsa Saudiya Arabistoni terma jamoasini boshqarish uchun taklif oldi
Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi "Marsel" bosh murabbiyi Marselo Belsaga terma jamoani boshqarish taklifini yubordi.
59 yoshli argentinalikning klub bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Saudiya Arabistoni terma jamoasining oldingi murabbiyi Kosmin Olario edi, uning qo'l ostidagi jamoa Osiyo Kubogi-2015da omadsiz ishtirok etib, guruh bosqichidan so'ng o'z uyiga qaytib ketdi.
Belsa terma jamoalar borasida katta tajribaga ega. U 1998 yilda 2004 yilgacha Argentina terma jamoasida ishlagan va janubiyamerikaliklar 2004 yilgi Olimpiadada g'olib bo'lishdi. 2007 yildan 2010 yilgacha chililiklarni shug'ullantirgan.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar