Bellingem: "Real" futbolkasini kiysang taslim bo'la olmaysan"
04 jan 17:46
Yangiliklar
Bellingem: "Real" futbolkasini kiysang taslim bo'la olmaysan"
"Aqldan ozdiradigan o'yin bo'ldi. Jamoa sendan ko'p narsa kutsa va penaltini yo'qqa chiqarsang juda og'ir. "Real"ga pand berdim va o'zimdan jahlim chiqayotgandi.
Bunaqasi bo'lib turadi, o'zimga kelib olishim kerak edi. "Real" futbolkasini kiysang taslim bo'la olmaysan. Penaltini golga aylantirmaganimda, jamoadoshlarim meni ayblashlari mumkin edi, ammo ular qo'llab turishdi. "Real" 10 kishi bo'lib o'ynab, iroda ko'rsatdi. LaLiga uchun kurashda 3 ochkoni o'zimizniki qildik.
Umuman olganda yaxshi o'ynadim. Oilam bilan ajoyib dam olib, maqsadlar bilan qaytdim. Penalti menga tasir qilmadi, chunki yaxshi o'ynayotganimni bilardim.
G'alaba golini urish yoqimli, ammo har safar yaxshi o'ynashimiz kerak. Jamoa etakchisi bo'lishni xohlayman, bugun shuni ko'rsatdim" - dedi Bellingem.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar