Bellingem: “Kelishilgan o'yinda qatnashgan hakamga Germaniyadagi asosiy o'yinni topshiryapsiz va bundan nimani kutyapsiz?”
05 dek 2021 07:55
Yangiliklar
Bellingem: “Kelishilgan o'yinda qatnashgan hakamga Germaniyadagi asosiy o'yinni topshiryapsiz va bundan nimani kutyapsiz?”
“Borussiya D” azosi Jud Bellingem Bundesliganing 14-turidan o'rin olgan “Bavariya”ga qarshi (2:3) o'yindan keyin uchrashuvda hakamlik qilgan Feliks Cvayerning harakatlarini tanqid qildi.
“Fikrimcha, bu penalti emas. Xummels hatto to'pga ham qaramadi, u futbolchilar orasidan chiqib ketishga harakat qildi.
Hakamning mazkur o'yindagi boshqa qarorlarini ham ko'rib chiqishingiz mumkin. Faoliyati davomida kelishilgan o'yinda qatnashgan arbitrga Germaniyadagi asosiy o'yinni beryapsiz. Bundan nimani kutyapsiz?”, degan Bellingem.
Gap shundaki, 2004 yil bosh hakam assistenti bo'lib ishlagan Feliks Cvayer “Verder-2”ga qarshi o'yinda “Vuppertaler” foydasiga bahsli qarorlar chiqargani uchun malum miqdorda pul olgandi.
Fikrlar