So’nggi yangiliklar

10:19Адриен Рабьо учун асосий даъвогар маълум  0 10:14ЎФА Тартиб-интизом қўмитаси 34 нафар мураббий ва футболчини четлаштириш бўйича қарор қабул қилди. Яна 53 та жарима интизом чораси ҳам қўлланилди  3 10:03Ўзбекистон ўсмирлари Франция ва Венгрияга қарши иккитадан ўйин ўтказади  1 09:48Давид де Хеа қайси чемпионатга ўтаётгани маълум  1 09:20Мбаппенинг «Реал Мадрид»даги дебюти қачон бўлиши маълум  2 08:51«Барселона» Ольмо трансфери бўйича сўнгги таклифини юборди  5 08:23«Атлетико» ва «Челси» Галлаҳер трансфери борасида келишувга эришишди  1 07:50Суперлига қайтмоқда. Бугун иккинчи даврага старт берилади  2 07:00Бугун Баҳодир, Ҳасанбой ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади  12 01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  3 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  7 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  8 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  3 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  1 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  2

Belgiyalik muxlislar terma jamoa tufayli tekinga televizorli bo'lishdi Yangiliklar

Belgiyalik muxlislar terma jamoa tufayli tekinga televizorli bo'lishdi

Teglar :  JCH-2018
Belgiyaning Krefel kompaniyasi jahon chempionatidan oldin ijtimoiy akciya elon qilgan edi.

Agar Belgiya terma jamoasi mundialda 15tadan ortiq gol ursa, ular televizor sotib olgan muxlislarga pulni qaytarishni vada qilishgan.

Kecha, 14 iyul kuni belgiyaliklar uchinchi o'rin uchun bahsda inglizlarni mag'lub etishdi (2:0) va turnirdagi gollari sonini 16taga etkazishdi. shunday qilib, Krefel o'z vadasida turishiga to'g'ri keladi.


"Biz buni uddaladik! "Qizil iblislar" Rossiyadagi jahon chempionatida 15tadan ko'p gol urishdi! Demak, siz sotib olgan televizor pullarini qaytarib beramiz!" - deyiladi kompaniyaning "Tvitter"dagi sahifasida.


Pulni qaytarish bo'yicha Buyuk Britaniya sug'urta kompaniyasi ishlaydi. Inglizlar vaziyatni yaxshilab o'rganishgandan so'ng, past foizli shartnoma tuzishga rozi bo'lishdi: Jahon chempionatlari yangi tarixida faqat nemislar 2014 yilda 15tadan ko'p gol ura olishgan (18ta). Germaniya terma jamoasi o'zining 7ta golini Braziliya darvozasiga kiritgan.


Televizor sotib olganlar orasida Belgiya terma jamoasi futbolchilarining do'stlari va oila azolari ham bor ekan. Bu haqida Dris Mertens Yaponiyaga qarshi JCH-2018 1/8 final o'yinidan (3:2) so'ng aytib bergan edi. Akciya doirasida 100 mln. evroga teng televizorlar sotilgan.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика