So’nggi yangiliklar

19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  12 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   0 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  2 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  1 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  2 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  3 15:38Роналду – энг яхши!  25 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  13 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  8

Belgiyadagi marokashlik muxlislar g'alabadan so'ng ommaviy tartibsizliklar sodir etdi Yangiliklar

Belgiyadagi marokashlik muxlislar g'alabadan so'ng ommaviy tartibsizliklar sodir etdi

Qatar maydonlarida bo'lib utayotgan Jahon chempionati kutilmagan natijalarga boy o'tmoqda.

Kuni kecha "F" guruhida 2-tur bahslari bo'lib o'tdi va Belgiya Marokash uchrashuvida kichik sensaciya qayd etildi, Marokash terma jamoasi Belgiyani 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvdan so'ng Belgiya poytaxti Bryussel markazida ommaviy tartibsizliklar sodir bo'lgan.

Marokash termasining 150 ga yaqin futbol muxlisi jamoasining g'alabasidan so'ng shahar markaziga yo'l oladi va tartibsizliklar sodir etadi. Ular shahar markazida axlat qutilarini yoqishgan, avtomobillarga zarar etkazishgan va do'konlarni o'marishgan. Futbol muxlislarining bunday tajovuzkor harakatlari policiya etiborini tortgan, shundan so'ng policiyachilar shahar markazidagi janubiy vokzal ko'chalarini o'rab olishadi, lekin tartibsizlikni keltirib chiqargan muxlislar policiyachilarga ham qarshilik ko'rsatishadi. Bu harakatlarga javoban policiya vodomyot va ko'zni yoshlantiruvchi gazni ishlatishga majbur bo'ladi. 



SHahardagi tartibsizliklar sabab bir necha metro bekatlari ham vaqtinchalik yopildi.

Policiya bergan xabarga ko'ra, tartibsizliklarda qatnashgan 10 nafar shaxs qo'lga olingan. 



"Bugun esa Antverpen va Lej shaharlarida ham tartibsizliklar sodir bo'ldi", – deya habar bermoqda mahalliy OAV.

Eslatib o'tamiz, Belgiya terma jamoasi 2-turdan so'ng bor-yo'g'i 3 ochko jamg'argan holda guruhda 3-o'rinni egallab turibdi. Belgiya so'nggi turda qiyin raqib Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.



Abdulvosit tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика