Belgiya – Rossiya o'yinining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
13 iyu 2021 02:40
Yangiliklar


Belgiya – Rossiya o'yinining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku UEFA tomonidan Belgiya – Rossiya (3:0) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deya elon qilindi.
Belgiya Evro-2020 guruh bosqichi 1-turida Rossiyani yirik hisobda mag'lub etdi (3:0). O'yin Sankt-Peterburgdagi "Gazprom Arena" o'yingohida bo'lib o'tdi.
Belgiya termasi forvardi Romelu Lukaku 10-daqiqada Andrey Semyonovning xatosidan keyin hisobni ochdi. Himoyachi Toma Mene 34-daqiqada ikkinchi golni urgan bo'lsa, 88-daqiqada o'yin qahramoni Romelu Lukaku o'z dublini rasmiylashtirib, haqli ravishda uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar