Belgiya 2010 yildan beri ilk marta ketma-ket ikki rasmiy o'yinda mag'lub bo'ldi
10 okt 2021 23:06
Yangiliklar
Belgiya 2010 yildan beri ilk marta ketma-ket ikki rasmiy o'yinda mag'lub bo'ldi
Belgiya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda Italiya terma jamoasiga yutqazdi (1:2).
Avvalroq turnir yarim finalida Roberto Martines shogirdlari Franciyaga imkoniyatni boy bergandi (2:3).
Belgiyaliklar shu tariqa 2010 yildan buyon ketma-ket ikkita rasmiy o'yinda mag'lub bo'ldi.
O'shanda terma jamoada ketma-ket uch mag'lubiyat qayd etilgandi: 2009 yilning oktyabr oyida Estoniyaga qarshi (0:2), 2010 yilning sentyabrida Germaniyaga (0:1) va Turkiyaga (2:3) qarshi o'yinlar boy berilgan.
O’xshash yangiliklar
23:05
Evropa ligasi. Sulsherning debyut o'yinida "Beshiktosh" "Atletik"ni yirik hisobda mag'lub qildi 7
Fikrlar