Belerinning agenti bugun futbolchining "Arsenal" bilan shartnomani bekor qilishini muhokama qiladi
09 avg 2022 18:03
Yangiliklar
Belerinning agenti bugun futbolchining "Arsenal" bilan shartnomani bekor qilishini muhokama qiladi
Himoyachi Ektor Belerinning agenti bugun Londonda "Arsenal" rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazadi.
Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. 27 yoshli ispanning vakili "kanonirlar" bilan shartnomani bekor qilishni muhokama qilmoqchi. O'yinchining o'zi iloji boricha tezroq "Betis"ga qaytmoqchi, u o'tgan mavsum Sevilya jamoasida ijarada o'ynagandi.
Belerin o'tgan mavsum "Betis" tarkibida 32ta o'yinda 5ta assist qayd etdi.
Uning "Arsenal" bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar