Belerin: "Jamoa Emeriga ishonadi"

Aslanov Jasurbek
27 okt 2019, 11:50
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri haqida fikr bildirdi.

"Jamoa mavsum startidagidan ancha kuchaydi.

Emeri yaxshi murabbiy. Unda o'zining g'oyalari bor va u "Sevilya", "Valensiya" hamda PSJda o'zini ko'rsata olgan, shunday ekan hammamiz unga ishonamiz.

Bazida ishlar biz o'ylagandek kyetmaydi, ammo keyin hammasi o'zgaradi. Bir nechta mag'lubiyatni hisobga olmasak, o'tgan mavsumni yaxshi o'tkazdik deyish mumkin.

Futbolchi sifatida o'syapmiz, murabbiy esa bizni yanada yaxshiroq bilib olmoqda. Ishlashda, muvaffaqiyatga intilishda davom etishimiz kerak" - deydi Belerin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail