Belarus. Yaxshiboev yaqqol to'purarga aylanib oldi
26 iyu 2020 21:12
Yangiliklar
Belarus. Yaxshiboev yaqqol to'purarga aylanib oldi
Bugun Belarus chempionati 15-turi doirasidagi o'yinlarga start berildi.
Turning ilk bahsida "Energetik-BGU" o'z maydonida bir kishi kam bo'lib "Slaviya" darvozasiga 5 bora yo'l topdi. Qayd etish kerak, gollarning to'rttasida hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev ishtirok etdi. Ikki bora raqiblari postini ishg'ol qilgan Jasur yana ikki marta assistentlik qayd etdi.
SHu orqali Jasur Yaxshiboev 9 gol bilan Belarus chempionati to'purarlari ro'yxatida etakchi bo'lib oldi.
Undan keyin 7tadan gol urgan Gegam Kadiryan ("Neman"), Vitaliy Lisakovich ("SHaxtyor"), Pavel Nekxaychik (BATE) va Ion Nikolesku ("Vitebsk") kabi futbolchilar qayd etilgan.
Ayni damda g'alabaga erishgan "Energetik-BGU" Belarus chempionati turnir jadvalida 3-o'ringa ko'tarilib oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar