So’nggi yangiliklar

22:35"Реал" ёзда Родригони сотиб юбориши мумкин  0 22:26Виталий Левченко: "Дербиларда ҳар доим кураш бўлади"  0 21:58Россия кубоги. "Зенит" – ЦСКА. Бошланғич таркиблар аниқ!  6 21:45Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва футзал федерацияси раҳбарияти Осиё Кубоги олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  0 21:35Элит ОЧЛ, ярим финал. "Ал Насср" – "Кавасаки" (онлайн ҳисоб)  33 21:00Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди  8 20:47"Атлетик"ка қарши ўйин олдидан МЮнинг икки футболчиси машғулотларга қайтди  1 20:21"Бавария" 20 млн евролик трансферни ҳал қилди  3 19:40Гюндоган Рюдигер ҳақида: "Тонида провокацион хулқ-атвор бор. У кубок финалида чегарадан чиқди"  16 19:02Ўзбекистон кубоги. "Шўртан"дан йирик ғалаба, "Навбаҳор" Тошкентда, "Машъал" Иштихонда зафар қучди  8 18:05Акобирхўжа Шукуруллаев ишлаган ўйинда меҳмон жамоага техник мағлубият ёзилди. Нимага?  0 17:57Сериал давом этади. Анчелотти Бразилия терма жамоаси билан музокараларни давом эттирмоқда  6 17:00Марказий Осиё. "Аркадағ" ва "Истиқлол" пешқадамликни бой берди, "Абдиш-Ата" кучли учликдан узоқлашди  1 16:52Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкент вилояти футбол академияси U-16 жамоасини мағлуб этди  1 16:42"Ал Ҳилол" Анчелоттига йилига 50 млн евро таклиф қилмоқда  6

Belarus. "Energetik" mavsumdagi ilk mag'lubiyatni qabul qildi, bizning legionerlar qanday o'ynashdi? Yangiliklar

Belarus. "Energetik" mavsumdagi ilk mag'lubiyatni qabul qildi, bizning legionerlar qanday o'ynashdi?

Belarus chempionati 5-turi doirasida poytaxtning "Energetik-BGU" jamoasi mavsumda ilk bor mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.

Qizig'i, Anatoliy Yurevichga ushbu "imkoniyatni" bugungi kunda "Isloch"ni boshqarayotgan shogirdi Artem Radkov taqdim etdi. "Bo'rilar" har ikki bo'lim startini yaxshi o'tkazib, 2:1 hisobida zafar quchishdi.

Birinchi golni mehmonlar 30 soniyadayoq urishga erishishdi. Qaysidir manoda bu golda Abduqodir Husanovning ham aybi bor. Aynan u markazda to'pni olib qo'yishi mumkin edi, ammo bu ishni muvaffaqiyatli amalga oshira olmadi. To'p Barkovskiyga borib tushdi va uning havolatib berilgan uzatmasidan keyin Sozax hisobiga gol yozdirib qo'ydi. "Energetik"ning darvozasiga urilgan ikkinchi gol 50-daqiqaga to'g'ri keldi — Ivan Junior Dibango qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga to'g'rilab yubordi. O'yindan keyin "Energetik-BGU" murabbiylaridan biri Pavel Rodnenok kiyinish xonasida "bo'rilar" aynan startni kuchli boshlashiga etibor qaratilgan. Ammo futbolchilar bunga qarshi hech nima qila olishmadi.




"Energetik" o'z golini penaltidan kiritdi. Bir hafta avval bo'lgani kabi uni o'zbekistonlik futbolchilar "ishlashdi". SHohruxbek Abdurahmonov jarima maydonchasi chizig'i oldida to'pni egallab, zarba berdi. "Isloch" himoyachisiga tekkan to'p havoga ko'tarildi, Bobir Abdixoliqov unga boshi bilan zarba bermoqchi bo'lganida esa raqib butsasi bilan hujumchining peshonasini nishonga oldi. Aleksey Kulbakov uzoq ikkilanmay nuqtani ko'rsatdi. Bobirga shifokorlar yordam ko'rsatguncha, penaltini Rilach ishonchli tarzda amalga oshirdi.

Abdixoliqov maydonda to'liq 90 daqiqa harakat qildi. Doimgidek faol edi. Penaltidan tashqari bir necha bor darvozaga zarba berdi, ammo ularga aniqlik etishmasdi. Bundan tashqari, hujumchi bitta xavfli vaziyatni yuzaga keltirgan muhim uzatmani amalga oshirdi.

Abdurahmonov 64 daqiqa harakat qildi. Tayanch yarim himoyachisi yomon o'yin o'tkazmadi va bir necha bor to'pni raqibdan olib qo'yishga erishdi.




Husanov uchun esa bu uchrashuv u qadar omadli o'tdi deya olmaymiz. Birinchi goldagi vaziyatdan tashqari, Abduqodir yana bazi epizodlarda ishonchli harakat qila olmadi, kurashlarni boy berdi. SHunga qaramay, o'yin oxirida aynan u imkon topib, raqib darvozasi tomon kuchli zarba yo'llagandi, lekin Dibango to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Umuman olganda, Husanov xuddi Abdixoliqov singari uch bor zarba berishga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, uning hisobida 2ta to'p yo'qotish va 14ta to'pni egallab olish bor — bu u qadar yomon ko'rsatkich emas.

Abbosbek Jumaqulov 9 apreldan buyon ilk bor qaydnomaga kiritildi. Biroq o'yinning borishi va hisob Yurevichga yarim himoyachini maydonga tushirishga imkon bermadi. Mag'lubiyat "Energetik-BGU"ni uchinchi pog'onaga tushishiga sabab bo'ldi. Endi "talabalar" hisobida 10 ochko bor, ikkinchi o'rindagi "Dinamo"da esa — 11.

Keyingi o'yinni minskliklar safarda Grodnoda o'tkazadi. Raqib kuni-kecha chempion "SHaxter" (1:1) bilan durang qayd etgan "Neman" jamoasi. BATE SHaxboz Umarovsiz (afsuski bu odatga aylanib ulgurdi) murosasiz kurashda "Gomel"ni taslim etdi va qatorasiga beshinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.



Championat.asia saytining Belarus mamlakatidagi muxbiri Andrey Maslovskiy tayyorladi

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика