So’nggi yangiliklar

15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  5 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  2 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  4 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  2 13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0 12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  4 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  4 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  3 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  10 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  1 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  1 10:07Яна икки нафар футболчимиз Қозоғистон клубини тарк этди  3 09:38“Рома“ уч нафар футболчини 30 июнга қадар сотиши шарт  8

Yaxshiboev jamoadan ketgach: "Energetik-BGU" - "Rux" 1:8 Yangiliklar

Yaxshiboev jamoadan ketgach: "Energetik-BGU" - "Rux" 1:8

Teglar :  RuxEnergetik BGU
Belarus chempionatining 17-turi doirasidagi "Energetik-BGU" - "Rux" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

"Energetik-BGU" - "Rux" 1:8

Gol: 0:1 – 13 Koncevoy, 0:2 – 31 Grechixo, 0:3 – 40 Raxmanov, 0:4 – 42 SHevchenko, 0:5 - 63 Migunov, 0:6 - 66 Koncevoy, 0:7 - 78 Koncevoy, 1:7 - 84 Muxamedov, 1:8 - 86 Nikiforenko.

Energetik-BGU – Sadovskiy, Mavatu, Yudchic, Miroshnikov, Osnov, Girs, Nosko, Bashilov (Musaxanyan, 48), Umarov (Sovpel, 50), SHkurdyuk, Atemeng (Muxamedov, 46).

Rux Brest – Stepanov, Kovtun, Gayduchik, Raxmanov, Migunov, Koncevoy, Osuchukvu (Antilevskiy, 70), SHevchenko, Grechixo, Vasilev, Bogomolskiy (Sadovskiy, 65).

YANGILASH

TUGADI! Nihoyat! 11-o'rindagi "Rux" "Energetik-BGU"ni yanchib tashladi va 7-o'ringa ko'tarilib oldi. O'yinni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib bordi. Barchaga rahmat.

89. 83-daqiqadagi gapimni qaytib olaman. "Nasonal"ning 10:0 hisobida yutqazgan o'yinida ham matnli translyaciya qilgan ekanman.

88. Tezroq tugayqol. To'qqizinchisi shart emas.

86. Nikoforenko chiroyli zarbasi bilan hisobni 1:8 ko'rinishiga keltirdi.

84. Hech bo'lmasa. Vladislav Muhamedov BGUdagi debyut o'yinida gol urishni uddaladi, 1:7.

83. 7 daqiqa qoldi. Birinchi marta bunday o'yinni matnli translyaciya qilyapman...

80. SHevchenko birga bir vaziyat to'pni osmonga qarab tepdi... Atayin.

78. 0:7. Koncevoydan dubl. Proval himoya...

75. Bogdan Sadovskiyning zarbasini Denis Sadovskiy qiyinchilik bilan qaytardi.

66. Geym, set, match. 0:6. Koncevoydan dubl.

65. Bogomolskiy oltinchi golni urmadi. Sadovskiy qaytardi.

63. Juda og'riqli o'yin bo'lyapti. 0:5! Migunovning kuchli zarbasi to'singa tekkan holda darvoza to'ridan o'rin oldi.

60. Girsning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

59. UXXXX!! SHevchenko noqulay ravishda zarba bergani uchun hisob o'zgarmay qoldi.

57. "Rux" uchrashuv boshidan buyon bir xil tempda o'ynamoqda. Sokin va xotirjam.

54. Migunovning qanotdan uzatgan to'piga Koncevix boshi bilan zarba bera olganida hiob 0:5ga etishi hech gap emasdi.

53. ZARBAAAAAAAA!!! Yudchicning zarbasini Stepanov qaytardi!

51. NIMAAAAAAA!!! Muxamedov bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi. Hisob 1:4ga etishi mumkin edi.

50. Umarov zaxiraga olindi, o'rniga Sovpel tushdi.

49. Ikkinchi bo'limda ilk zarba mezbonlarga tegishli bo'ldi. Mavatuning qanotdan uzatgan to'piga Muxamedov boshi bilan kuchsiz zarba yo'lladi. Yaxshiboev esa o'yinni kuzatmoqda. Kayfiyati yaxshi emasligi ko'rinib turibdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'limga daqiqalar qo'shilmadi va yakunlandi. Asablar chatoq.

45. Bu o'yin bilan BGU hisobni tenglashtira olmasa kerak. Undan tashqari "Rux" himoyada juda yaxshi o'ynamoqda.

43. GOL! SHevchenko mavsumdagi ilk golini urdi. Himoyayayayayayayayaya

40. GOL! Raxmanov himoyachilarning tushurgan qovunlaridan unumli foydalandi. "Rux" bosh murabbiyi ham hayron bu hisobdan.

37. ZARBAAAAAA!! Osnovning zarbasini Stepanov ushlab oldi.

35. Vasilevning hujumga uzatgan to'pini Miroshnikov qaytardi.

31. GOL! Grechixo! Himoyachilarni ko'rdim demay ortda qoldirgan futbolchi ikkinchi golni urdi.

29. Miroshnikov oddiy joyda to'pni yo'qotdi. U hujumdagi Atemengga to'pni oshirib bera olmadi.

27. Rostdan ham bugun Umarov jamoa etakchisi bo'lmoqda. Barcha hujumlar u orqali tashkil qilinmoqda.

25. Ajoyib vaziyat! Umarov chap qanotdan juda tezkor harakatlar bilan raqibidan o'tib ketdi va to'pni darvoza yoniga oshirdi. Lekin Atemeng boshi bilan zarba bera olmadi.

24. Koncevoyning bu safargi kuchli zarbasini Sadovskiy mushtlari bilan qaytardi.

23. "Rux"da yana bir imkoniyat. Migunovning bu safargi erlatib oshirgan to'pini Sadovskiy ikki urinishda ushlab oldi.

21. ZARBAAAAAAAAAA!! YANA ZARBAAAAAAAAA!!! Stepanov avvaliga Umarovning keyinchalik Girsning xavfli zarbasini qaytardi!

20. "Rux" hujumga o'tgandi. Biroq Migunov to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun hujum to'xtadi.

18. BGU o'yinni markazga ko'chira oldi.

16. "Rux" bu safar burchak zarbasidan samara chiqara olmadi.

13. Migunov o'ng qanotdan to'pni shunaqangi oshirib berdiki, to'pga baland bo'yli Sadovskiy ham eta olmadi va past bo'yli Koncevoy boshi bilan bergan zarbasi orqali hisobni ochdi, 0:1.

12. Birinchi davrada "Energetik-BGU" qanday raqib bo'lishidan qati nazar dastlabki 10 daqiqada katta ustunlikka erishayotgandi. Hozir esa katta tashabbus "Rux" tomonida.

10. Uchrashuvdagi ikkinchi xavfli vaziyat ham "Rux" tomonidan yaratildi. Grechixo BGU posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib kelayotgandi. Sadovskiy to'pni qaytardi.

6. UXXXX!! Xavfli vaziyat! Vaslev chap qanotdan raqib jarima maydonasiga kirib bordi va "prostrel" pas berdi. Grechixo bo'sh qolgan darvozaga to'pni kirita olmadi.

5. Vasilevning qanotdan oshirgan to'pini Sadovskiy ushlab oldi.

3. Yudchicning o'ng qanotdan havolatib oshirib bergan to'piga Atemeng zarba bera olmadi.

2. BGUda burchak zarbasi. Umarovning uzatgan to'pini Artyom Raxmanov qaytarib yubordi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishgan. Kameralar fokusi Umarovga qaratilgan. U bugun jamoaning etakchisi bo'lishi kutilmoqda.

- Uchrashuvni Jasurbek Yaxshiboev ham stadiondan kuzatib bormoqda.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика