So’nggi yangiliklar

07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  0 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  5 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  10 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0

Belarus. "Energetik-BGU" peshqadam bo'lish imkonini qo'ldan chiqargan 14-tur hamyurtlarimiz uchun qanday o'tdi? Yangiliklar

Belarus. "Energetik-BGU" peshqadam bo'lish imkonini qo'ldan chiqargan 14-tur hamyurtlarimiz uchun qanday o'tdi?

Teglar :  Belarus chempionati
Belarus chempionati 14-turida peshqadamlar poziciyasida o'zgarish bo'lmadi.

BATE ham, "Energetik-BGU" ham durang natija qayd etdi. "Dinamo Minsk" o'yini evrokubok sabab qoldirildi. "Isloch" esa bundan unumli foydalanib, "Vitebsk"ni mag'lub etdi (2:0) va 3-o'ringa chiqib oldi.

SHahboz Umarov Qozog'istonga, belaruslik mutaxassis Sergeevich Sednev boshqaradigan "Ordabasi" klubiga ketishi hali amalga oshmadi. Biroq yarim himoyachining BATEdagi poziciyasi o'zgarmagan. "Minsk"ga qarshi bahsda (2:2) 23 yoshli futbolchi maydonga tushmadi. O'yinchining ketishi vaqtga bog'liq. Gap-so'zlarga qaraganda, Umarov o'ynagan "10" raqamini klubning yangi futbolchisi — serbiyalik Damyan Dostanichga berishgan emish.



"Energetik-BGU" agar "Gomel"ni taslim qilganida, peshqadam bo'lib olishi mumkin edi. Ammo o'xshamadi. Aslida "talabalar" raqibidan kuchliroq edi: darvozaga ko'proq zarba berishdi (14 — 9), darvoza tomon aniq zarba ko'p yo'llashdi (6 — 0), zarba bilan yakunlangan hujumlar (13 — 8), golli vaziyatlar ko'proq yaratishdi (xG ko'rsatkichi: 1.19 — 0.27). Biroq hisob ochilmadi: 0:0. 


Uchrashuvda 3ta o'zbek futbolchilari ishtirok etdi. Abduqodir Husanov 92 daqiqa o'ynadi. Himoyachi navbatdagi sifatli o'yinini o'tkazdi. U to'pni raqibdan olib qo'yishda juda yaxshi harakatlandi va yakkakurashning 67%ida ustun keldi. Bu — natijasi 100% bo'lgan Roman Paparigidan tashqari, jamoadagi futbolchilar orasida eng yaxshi ko'rsatkichdir. Ammo ukrainalikda bor yo'g'i 4ta urinish va maydonga o'tkazgan 19 daqiqasi bor. Bundan tashqari, Husanov 17 marta to'pni jamoasiga qaytarib berdi va 5 bor to'pni ilib ketdi. U birinchi ko'rsatkich bo'yicha jamoada eng yaxshisi bo'lsa, ikkinchi natijaga ko'ra, yaxshilardan biridir. SHuningdek, himoyachi jarima zarbasidan ham darvozaga zarba yo'lladi. Yomon chiqmadi, ammo aniqlik etishmadi.


SHoxruhbek Abdurahmonov maydonda 73 daqiqa ter to'kdi va jamoasi safida TTH bo'yicha ikkinchi natijani qayd etdi (62). Biroq ularning muvaffaqiyatlilari unchalik ko'p emasdi — bor yo'g'i 31%. Abdurahmonov ustun kelgan yakkakurashlar bo'yicha ko'rsatkich ham ancha kamtar — 35%: 26 urinishdan 9 tasida SHoxruhbekning qo'li baland kelgan. Qisqa qilib aytadigan bo'lsak, xavbek uchun o'yin u qadar omadli bo'lmadi.

Musobaqaning asosiy "snayperi" Bobir Abdixoliqov ham "soyada qolib ketdi". Birinchi bo'limda uning hujumdagi sherigi Grishenko faolroq ko'rindi. Rossiyalik ko'proq va aniqroq zarbalar berdi. Aynan u "Energetik-BGU"ning amalda eng xavfli hujumi yuzaga kelishiga sababchi bo'ldi. 


Abdixoliqovga keladigan bo'lsak, forvard hisobida bor yo'g'i ikkita zarba (bittasi aniq), yakka kurashlarning 6%i muvaffaqiyatli (bitta omadli duel), 13 marta Bobir to'pni yo'qotdi va faqatgina to'rt marta to'pga raqib jarima maydonchasi ichida tegishga erishdi. 

To'purar o'zining barcha musobaqalarni inobatga olsak, etti bellashuvdan buyon davom etib kelayotgan golli seriyasini uzib qo'ydi. SHunga qaramay, u mamlakat oliy ligasida xorijliklar ichida qatorasiga uchrashuvlarda gol urish bo'yicha rekrodni yangiladi — 6ta. 

To'rtinchi vakil — Abbosbek Jumaqulov qaydnomaga kiritilgan bo'lsa-da, maydonga tushirilmadi.



Bu yil Belarus chempionatida o'zbeklar ayniqsa, ko'payganidan xabaringiz bor, albatta. "Belshina" jamoasi safida Vladislav Nuriev harakat qilayotganiga ham bir oylar bo'lib qoldi. 26 yoshli forvard Hindistonning "Ara" jamoasidan keldi. Undan avval esa ona yurtida, "Navbahor" va "Bunyodkor" safida, harakat qilgan. 

"Qizil-qoralar" safida Nuriev beshta o'yinda maydonga tushishga ulgurdi: to'rttasi chempionat doirasida va yana bitta uchrashuv Kubokda. Hozircha o'zbekistonlik sportchi asosan zaxiradan o'yinga qo'shilmoqda (bor yo'g'i ikki bahsni asosiy tarkibda boshladi), ammo gol urishga ulgurdi. Kubokda "Texnolog" darvozasiga urilgan uchinchi, g'alaba to'pi aynan Nuriev hisobiga yozildi. 

Avvalgi dam olish kunlari Vladislav "Belshina" bilan birga "Slaviya"ga qarshi harakat qildi. Forvard asosiy tarkibda maydonga tushdi va bir soatdan sal kamroq (54 daqiqa) harakat qildi. Bu vaqt oralig'ida u bir marta ofsaydga tushib qoldi va faqatgina bir marta raqib jarima maydonchasi ichida to'pga tegina oldi. Keyingi o'yinlarda vaziyat yaxshi tomonga o'zgarishini kutib qolamiz. 

Keyingi tur birinchi davrani yopib beradi. BATE o'z maydonida "Arsenal" bilan, "Belshina" esa "SHaxter" bilan  kuch sinashadi. "Energetik-BGU" Minskda "Dinamo"ga qarshi to'p tepadi. "Talabalar" uchun navbatdagi jiddiy sinov. Minskliklar ustozi Pavel Rodnenok jamoa uchun mavsum oxirigacha bu kabi imtihonlar muntazam ravishda uyushtirilishini aytdi.



Championat.asia saytining Belarus mamlakatidagi muxbiri Andrey Maslovskiy tayyorladi

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика