So’nggi yangiliklar

20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  4 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16

U-17 Jahon chempionati. Yangicha formatda o'tkaziladigan mundial haqida Yangiliklar

U-17 Jahon chempionati. Yangicha formatda o'tkaziladigan mundial haqida

Islom Ismoilov shogirdlari ishtirok etadigan U-17 Jahon chempionatining yangicha formati bilan tanishamiz.

U-17 terma jamoamiz Saudiya Arabistoni maydonlarida o'tkazilayotgan Osiyo Kubogidagi ishtirokini davom ettirmoqda. Kuni kecha Islom Ismoilov shogirdlari chorak final doirasida BAA terma jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi. Final ostonasida KXDR yoki Indoneziya bizga raqiblik qiladi.

Terma jamoamiz allaqachon mundial yo'llanmasini hal etib bo'lgan. O'smirlarimiz guruh bosqichining 2-turida Chin yurti vakillarini 2:1 hisobida mag'lub etganidan so'ng Jahon chempionatida ishtirok etishi malum bo'lgan edi.



Yangicha mundial

2024 yilning 14 mart kunida o'tkazilgan FIFA Kongressida rasmiy kengash U-17 Jahon chempionati 2025 yildan boshlab har yili o'tkazilishini elon qilgandi. O'smirlar o'rtasidagi mundial avvallari har ikki yilda bir marotaba o'tkazilar edi. Endilikda musobaqada 24 ta emas, balki 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. 

Har yili o'tkaziladigan Jahon chempionatining dastlabki to'rt musobaqasiga, yani 2025 yildan boshlab 2029 yilga qadar Qatar mezbonlik qiladi. Bu qaror mamlakatning rivojlangan infratuzilmasi va yirik futbol musobaqalarini tashkil etishdagi katta tajribasi bilan bog'liq.



Ishtirokchilar soni ko'paygani tufayli saralash musobaqasida ham bir nechta o'zgarishlar ro'y berdi. Masalan, avvalgi yillari Osiyoga to'rtta yo'llanma berilgan bo'lsa, endilikda "chipta"lar soni 8 ta etdi. Bu degani guruhdan chiqqan barcha 8 jamoa JCH yo'llanmasiga ham ega bo'ladi. Aynan shu o'zgarish tufayli terma jamoamiz guruh bosqichidagi dastlabki ikki uchrashuvda muvaffaqiyatli ishtirok etganidan so'ng mundial yo'llanmasiga ega chiqdi.


Musobaqa formati

Mundialda ishtirok etadigan barcha jamoalarning nomi ham aniq bo'lib ulgurdi.

Osiyo: Qatar(mezbon), Indoneziya, Yaponiya, KXDR, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, BAA va O'zbekiston.

Afrika: Burkina-Faso, Kot-d’Ivuar, Misr, Mali, Marokash, Senegal, Janubiy Afrika, Tunis, Uganda, Zambiya.

Konkakaf: Kanada, Kosta-Rika, El-Salvador, Gaiti, Gonduras, Meksika, Panama, AQSH.

Janubiy Amerika: Boliviya, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Paragvay, Venesuela, Argentina.

Okeaniya: Fiji, Yangi Kaledoniya, Yangi Zelandiya.

Evropa: Avstriya, Belgiya, Xorvatiya, Chexiya, Angliya, Franciya, Germaniya, Italiya, Portugaliya, Irlandiya Respublikasi, Shveycariya.



Endi esa yangilangan musobaqa formatiga etibor qaratsak. Jahon chempionati 3-27 noyabr sanalarida Qatar maydonlarida o'tkaziladi. Qura sanasi va musobaqaga mezbonlik qiladigan stadionlar hali elon qilinmadi.

Saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan 48 terma jamoa to'rt jamoadan iborat 12 ta guruhga taqsimlanadi. Har bir guruhda birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi o'rinni egallagan eng yaxshi sakkizta jamoa 1/32 finalga yo'l oladi. 1/32 finaldan boshlab musobaqa to'g'ridan-to'g'ri tark etish tizimida davom ettiriladi.

Qizig'i shundaki, pley-off bosqichidagi uchrashuvlarning asosiy vaqtida g'olib nomi aniqlanmasa, g'olib jamoa nomi penaltilar seriyasi orqali aniqlanadi. Musobaqa davomida qo'shimcha taymlarga murojaat etilmaydi.



Guruh bosqichi yakunlangandan so'ng bir guruhdagi ikki yoki undan ortiq jamoalarning ochkolari soni teng bo'lsa, musobaqa jadvalidagi o'rinlarni aniqlash uchun quyidagi mezonlar belgilangan tartibda qo'llanadi: 

A) O'zaro o'yinda to'plangan ochkolar soni;

B) O'zaro o'yindagi eng yaxshi to'p farqi;

S) O'zaro o'yinda urilgan gollarning eng ko'p miqdori.


Guruhlarda uchinchi o'rinni egallagan eng yaxshi sakkizta jamoa quyidagi mezonlarga ko'ra aniqlanadi:

A) Guruh bosqichida to'plangan eng ko'p ochko;

B) Guruh bosqichidagi to'plar farqi;

S) Guruh bosqichida kiritilgan eng ko'p gollar soni;

D) Jamoalardagi intizomining eng yuqori reytingi (sariq va qizil kartochkalar)

E) FIFA tomonidan o'tkaziladigan qura.


Abdulvosit Bektemirov tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика