So’nggi yangiliklar

16:21"Реал" ТВ Родригонинг жарима майдонида йиқилиши ҳақида: "Трансляция контакт пайтида бошқа кадрга ўтиб кетди"  0 16:02Ҳожимат Эркинов: "Бундан футболчи чиқмайди, бўйи паст" деб айтганлар бўлган"  0 15:43"Наполи" Неймар билан шартнома имзоламоқчи бўлган экан  0 14:57Терма жамоага яна икки футболчи чақирилди  6 14:26Бугун Осиёда ЖЧ-2026 саралашининг тўртинчи босқичига старт берилади  8 14:02Оқ ёки кўк? Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши қайси рангдаги формаларда ўйнаши маълум бўлди  6 13:26Жеррард Трентнинг "Реал"га кетиши ҳақида: "Мен бундай қилмаган бўлардим. Нималар қилаяпсан ўзи?"  11 12:54МЮ футболчиси жамоани тарк этмоқчи  1 12:25Жеррард: "Руни бир ўзи рақибнинг бутун бошли ҳимоясига босим ярата оларди"  2 12:16Фабио Каннаваро ҳикояси: Копток узатувчиликдан "Олтин тўп"га қадар йўл  3 12:00Championat.asia ва Transfermarkt Суперлиганинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   2 10:55Криштиану Роналду: "Мақсад жаҳон чемпионатига чиқиш ва унда ғалаба қозониш"  50 10:25Осиё Кубоги-2011. Жепаров ва Шацкихнинг голлари Кувайт устидан ғалаба келтирган оқшомни ёдга оламиз  4 10:04"Интер Майами" Альбанинг ўрнига "Реал" собиқ футболчисини олиб келмоқчи  5 09:31"Истанбул Башакшехир" қишда РПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  5

Belarus. "Energetik-BGU" derbida g'alabaga erishdi, Yaxshiboevdan navbatdagi gol Yangiliklar

Belarus. "Energetik-BGU" derbida g'alabaga erishdi, Yaxshiboevdan navbatdagi gol

Belarus chempionati 3-turi doirasidagi "Energetik-BGU" – "Minsk" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

YANGILASH


1. O'yin boshlandi. 

3. Uchrashuv ikkala jamoaning tezkor harakatlari bilan boshlandi. Ammo xavfli vaziyat sodir etilgani yo'q. 

5. Ikkala klub ham dastlabki ikki turda 100 foizli natija qayd etib, musobaqa jadvalining yuqorisida turishibdi. 

9. Xavfli vaziyat. "Minsk"ning hujumi, chap qanotdan SHramchenkoning uzatgan to'pini mezbon himoyachilari qaytarib yuborishdi

10. Zarba!!! Mezbonlarda birinchi burchak to'pi, to'p darvozaga yo'l olgandi, biroq himoyachilar to'pni qaytarishga muvaffaq bo'lishdi

13. UXXXXXXXXXX! Yaxshiboev! Hozir Jasur burchak to'pini ajoyib tarzda amalga oshirdi, ammo sheriklari gol ura olishmadi

15. Yaxshiboev maydon markazida to'pni egallab olib oldinga o'tib to'pni Atemenga uzatdi, u Tvega oshirdi, zarbani himoyachilar bloklashdi.

20. Mezbonlar safida Yaxshiboev ajralib turibdi. Hujumchi rolida o'ynayotgan bo'lishiga qaramay Jasur maydon markazidan hujumlarni boshlamoqda, sheriklari uni qo'llab quvvatlashmayapti

22. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Yaxshiboev o'ng qanotdan oldinga o'tib Sazonchikni aldab darvozaga zarba berdi, Leonov to'pni qaytardi, ammo orqaroqdagi Nosko darvozani ishg'ol qildi - 1:0.

24. Ogohlantirish. Musaxanyan

27. Mehmonlar ketma ket ikkita burchak to'piga ega bo'lishdi, ammo ikkalasi ham foyda keltirgani yo'q 

32.Ajoyib! Yaxshiboev hozir ikki raqibni ortda qoldirib markazga qarab yurdi va jarima maydoniga yaqin joydan zarba berdi, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi. "O'zbek ishonchli o'ynamoqda" deyishmoqda belaruslik hamkasblarimiz!

36. O'zgarish. "Minsk". Vasilev o'rniga Ostroux tushdi

37. Ogohlantirish. Sazonchik

41.Mehmonlarning xavfli hujumi, SHramchenko to'pni Sazonchikka uzatdi, uning zarbasini himoyachilar qaytarishdi, burchak to'pi.

42. "Minsk" yana ikkita burchak to'pi tepdi va odatdagidek hech qanday xavfli vaziyat sodir bo'lgani yo'q

45. ZARBAA! Yana qarshi hujumni Yaxshiboev tashkil etdi, u to'pni Atemenga uzatdi, uning zarbasini Leonov qaytardi! Ajoyib seyv!

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi

45+1. Ogohlantirish. Girs

45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 1:0.


46. O'zgarish. "Energetik". Girs o'rniga Yudchic tushdi

46. Ikkinchi taym boshlandi

48. Ogohlantirish. Tve

51. Xavfli vaziyat! Nosko va Yaxshiboev tandemi ajoyib harakat qildi, Jasur jarima maydoni yonida himoyachilarni qiyin ahvolga tushirib qo'ydi va Tvega to'pni uzatdi, uning zarbasi noaniq ketdi

52. YANA YAXSHIBOEV! Yaxshiboevning chap qanotdan Atemengaga uzatdi, u taxminan 6 metrlardan boshi bilan zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida! Ammo hakam o'yindan tashqari holatni ko'rsatdi

58. Xavfli vaziyat! "Minsk" vakili Ostroux chap tomondan zarba berdi, to'p darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi

61. Mavatu Tvega ajoyib pas berdi, ammo Tve hujumchilarga to'pni oshira olmadi

65. Ogohlantirish. Atemeng.

67. O'yinda to'xtalish. Mehmonlar posboniga yordam ko'rsatildi

70. QIZIL KARTOCHKA! Musaxanyan, "Energetik" 10 kishi bo'lib qoldi

72. "Minsk"ning qarshi hujumi, SHramchenko oldinga o'tdi va zarba berdi, Sadovskiy to'pni ushlab oldi

74. O'zgarish. "Energetik". Atemeng o'rniga SHAHBOZ UMAROV tushdi. Maydondagi o'zbekistonlik futbolchilar soni ikkitaga etdi

76. O'zgarish. "Minsk". Pishepa o'rniga Artyom Vasilev

79. Nasibullin tezkorlik bilan hujumga o'tdi, ammo sheriklari uni qo'llab quvvatlay olishmadi

81. "Energetik" himoyachilari to'pni qaytarishdi va to'p Yaxshiboevga qarab bordi, ammo mehmonlar posboni o'z joyini tashlab chiqdi va maydon markazida to'pni autga chiqarib yubordi 

84.ZARBAAAAAA! QANDAY SEYV! CHap qanotda Yaxshiboev to'pni Umarovga uzatdi, SHahboz darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib 10 metrlardan zarba berdi, Leonov to'pni ajoyib tarzda qaytarishga erishdi! 

86. Mehmonlardan javob! Nasibullin to'pni Vasilevga uzatdi, Sadovskiy o'z vaqtida joyini tark etib to'pni egallab oldi. 

88. "Minsk"ning hujumlari keskin ko'rinish olmoqda, mehmonlar sondagi ustunlikdan foydalanib hisobni tenglashtirishmoqchi.

89. Ogohlantirish. "Energetik" posboni Sadovskiyga vaqt cho'zgani uchun

90. Bosh hakam o'yinga 4 daqiqa qo'shib berdi

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JASUR YAXSHIBOEEEV! Artyom Sokol chap qanotdan oldinga o'tdi va Yaxshiboevga to'pni oshirdi, himoyachilar negadir to'xtab qolishdi, Jasur esa o'tkir burchakdan darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi - 2:0. 

90+3. Ogohlantirish. CHagovec

90+4. O'yin tugadi, "Energetik" ketma-ket uchinchi o'yinda ham g'alabaga erishdi! Yaxshiboev mavsumdagi o'zining uchinchi golini urdi.



Energetik-BGU – Minsk 2:0

Gollar: Nosko 22, - 1:0. Jasur Yaxshiboev 90+2, - 2:0.

Energetik-BGU – Sadovskiy, Sokol, SHkurdyuk, Svirepa, Mavatu, Nosko, JASUR YAXSHIBOEV, Girs (Yudchic), Tve, Musaxanyan, Atemeng (SHAHBOZ UMAROV, 74)

Minsk – Leonov, Zaleskiy, Prishhepa (Artyov Vasilev, 76), CHagovec, Nasibulin, SHramchenko, Vasilev (Ostroux, 36), Yarockiy, Sazonchik, Xvashinskiy, Gribovskiy.

Ogohlantirishlar:  Musaxanyan 24, Sazonchik 37, Girs 45+1, Tve 48, CHagovec 90+3.

CHetlatish: Musaxanyan 70.


Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика