So’nggi yangiliklar

01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  0 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  1 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  4 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  4 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  12 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  26 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  3 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7

Bekzod Qodirqulov: "Faysal Traore tiklanish jarayonida" Yangiliklar

Bekzod Qodirqulov: "Faysal Traore tiklanish jarayonida"

Pro-liganing 4-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Buxoro" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Bekzod Qodirqulov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Bugun qiyin o'yin o'tkazdik. Har ikki jamoa ham g'alaba uchun maydonga chiqishgani ko'rinib turdi. Bugun omadimiz kelib birinchi bo'limda gol kiritdik. Bu gol yigitlarga ruhiy tomonlama o'zlariga kelishlariga sabab bo'ldi. O'yin oxirigacha shu tempni ushlab turdik. "Buxoro" jamoasida ham gol kiritish uchun vaziyatlar bo'ldi. Bugun jamoamiz yigitlari himoyada ishonchli o'ynashdi, ular g'alabaga haqli edilar.

- "Nasaf"dan ijaraga olingan Faysal Traore jarohat sabab maydonga tushmadi. SHu haqida fikringiz?

- To'g'ri, Faysal Traoreda jarohat bor edi. Hozirda u tiklanish jarayonini o'tkazayapti. Nasib bo'lsa navbatdagi o'yinlarda tayyor bo'ladi degan umiddaman.

- Navbatdagi turda "Olimpik" jamoasi bilan o'ynaysizlar. Bu jamoa haqida fikringiz?


- 16 aprel kuni safarda "Olimpik" jamoasi bilan o'ynaymiz. Yoshlardan shakllangan yaxshi jamoa. Biz ular haqida o'rganib chiqdik, oldinda yana 5 kun vaqtimiz bor. Bu jamoani o'rganamiz va tahlil qilamiz albatta.

- Keyingi o'yinda bugun o'ynagan tarkibga o'zgartirish kirtilishi mumkinmi?


- Raqibdan kelib chiqib o'zgarishlar qilishimiz mumkin. Bir yoki ikki futbolchini o'zgartirarmiz, lekin unday ko'p o'zgarishlar bo'lmaydi. Qisqa muddatda, yani 5 kundan keyin o'yinimiz bor. Bugun yigitlar yaxshi harakat qilishdi, to'g'ri xatolarimiz ham yo'q emas. Ko'rib tahlil qilamiz, nasib bo'lsa navbatdagi o'yinga yaxshi tarkib tayyorlaymiz.

- SHaxsiy fikrimcha, bugungi o'yinda darvozabon va himoyachi Ulug'bek Xudoyberdiev jamoada eng yaxshilardan bo'lishdi. Sizda qaysi futbolchilar ijobiy taasurot qoldirishdi?

- To'g'ri ular mahoratli va tajribali futbolchilar. Bugun asosiy tarkibda tushgan va zaxiradan o'yinga qo'shilgan hamma futbolchilar yaxshi o'yin ko'rsatishdi.

"Buxoro" jamoasida esa Davronbek Isaqov yaxshi o'ynadi. SHuningdek tajribali SHavkat Salomovning uzatmalari ham xavfli chiqdi. Jamoaning tajribali futbolchilari ham yaxshi o'ynadi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика