So’nggi yangiliklar

19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  1 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  2 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  11 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  19 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  30 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  34 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7

Bekxem qirolicha Elizaveta II bilan xayrlashish uchun 13 soatdan ortiq navbatda turdi Yangiliklar

Bekxem qirolicha Elizaveta II bilan xayrlashish uchun 13 soatdan ortiq navbatda turdi

Teglar :  BekxemElizaveta II
Devid Bekxem qirolicha Elizaveta II bilan xayrlashish uchun 13 soatdan ortiq navbat kutdi.

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi mahalliy vaqt bilan taxminan 2:15 da navbat olgan bo'lsa, 15:25 oralig'ida Britaniya qirolichasi tobuti oldiga etib keldi. 

"Pringls eymiz. SHerbet Lemons eymiz. Sendvich va kofe", - dedi sobiq futbolchi. 

"Men royalchilar oilasida o'sganman. Meni shunday tarbiyalashgan: agar buvam va buvim tirik bo'lganlarida, ular ham bu erda bo'lishni istagan bo'lardilar. SHuning uchun, men bu erda ular, oilam va albatta atrofimdagilar nomidan bo'lib turibman. 


Mening omadim kelgan. Angliya terma jamoasi sardori sifatida mamlakatim sharafini himoya qilganman va ko'p marotaba u bilan uchrashish imkoniga ega chiqqanman. 

Har doim biz terma jamoa libosida turganimizda, qo'limda sardorlik bog'ichi bo'lardi va biz "Xudoyim, qirolichani asra"ni aytardik. Bu biz uchun katta ahamiyatga ega edi. 


Men uchun eng ahamiyatli lahzalardan biri Britaniya imperiyasi Ordenini olganim edi. Men shunchaki mukofot olgani chiqmaganman, Hazrati oliyalari bilan gaplashganman, u menga savollar bergan. Hayotim davomida mana shunday damlar bo'lgani mening omadimdir", - dedi Bekxem.

Devid marosimda 13 soat kutganiga qaramay, "tizzalari bilan barchasi joyida" ekanligini aytdi. 

U 2003 yilda qirolicha qo'lidan Britaniya imperiyasi Ordenini qabul qilib olgan. 


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика