Bekxem Greciyaga qarshi o'yindagi jarima zarbasi sharhini hayajon bilan tingladi
07 okt 2022 19:49
Yangiliklar
Bekxem Greciyaga qarshi o'yindagi jarima zarbasi sharhini hayajon bilan tingladi
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi tarixiy o'yin podkastini tingladi.
21 yil muqaddam Devid Bekxem “Old Trafford”da Greciyaga qarshi o'yinda ajoyib jarima zarbasini amalga oshirib, Angliyani jahon chempionatiga olib chiqqandi. Sven Yoran-Eriksson shogirdlari o'shanda Greciyani 2:1 hisobida dog'da qoldirgan.
“Uch sherlar” sardori o'yin davomida beshta jarima zarbasini amalga oshirgan bo'lsada, uning uzoq masofadan urinishlari natija bermaydi. Nihoyat, 93-daqiqa u mohirona tarzda jarima to'pini greklar darvozasiga joylab qo'ydi va Angliyaning mundialdagi ishtirokini taminlaydi.
Fikrlar