So’nggi yangiliklar

09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  0 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  4 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  1 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  5 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  2 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  6 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  3 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  5 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  2 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  11 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0

Bekoboddan fotomaqola Yangiliklar

Bekoboddan fotomaqola

Bekobodda "Paxtakor"ni qabul qilgan Rustam Mirsodiqov jamoasi bir to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchradi.

Keling avval bir savolga javob berib o'tsam. "Metallurg" ochko olishi mumkin edimi? 


Ha, agar maydonning holati yaxshi bo'lganida. Maydonda to'p juda ham og'ir harakat qildi. Futbolchilarni harakati ham juda sust. Natijada ko'pgina vaziyatlarda ikki jamoa azolari ham to'pni qabul qilishda va uzatishda ko'plab xatolarga yo'l qo'ydilar. 16-daqiqada Odilov 100% imkoniyatni qo'ldan boy berdi. Qanotdan etkazib berilgan to'pga tepish chog'ida, 11 metrlik nuqta oldida u maydonning holati yaxshi emasligi tufayli yiqilib tushdi. Aynan shu vaziyat gol bilan yakunlanganida "Metallurg" ikkilanmay hech bo'lmasa durang natijani qayd etgan bo'lardi. 


Jarima maydonchasi ichida ish chiqmaganidan keyin "Paxtakor" uzoqdan zarba berishga o'tdi. Birinchi gol ham aynan shunday vaziyatda urildi. Ancha vaqtini zaxira o'rindig'ida o'tkazib yuborayotgan Bahodir Pardaev uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. "Paxtakor"ning og'riqli nuqtasi sifatida Stanislav Andreevni ko'rsatish mumkin. 90+1 daqiqada futbolchi 100 % imkoniyatni ko'kka sovurdi. "Metallurg"ni qarshi hujumi esa jarima zarbasi bilan tugadi va Toshmatov "16"ni yonidan gol urishda qiyinchilikka uchramadi.


O'yinga oid yana bir etirofga Zafar Safoev munosib. Joriy mavsumda debyut o'yinini o'tkazgan darvozabon birinchi o'yinida, jiddiy raqib oldida o'zini yo'qotib qo'ygani yo'q. Darvozasi to'ridan o'rin olgan ikkita to'pda ham uning aybi bo'lmadi. Ikki bo'limda ham "Metallurg"ni qiyin vaziyatlardan olib chiqib keta oldi. Qolganini suratlar orqali tomosha qiling.




- To'plar bor, yangisidan, o'ynalmagan, tepilmaganidan bor! Kelishtirib beramiz...




- Og'ayni, iltimos tepib qo'ymagin. O'zi hozirgina sotib oldim...




To'p tepish mumkin bo'lmasa nima qilamiz? Kel yaxshisi kurash tushamiz. Demak, maydonda gruziyalik polvon, o'zbek polvoniga qarshi...


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика