So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  25 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  3 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  1 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  7 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  0 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  58 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  24 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  11 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  19

Behzod SHamsiev: "Pro ligada jamoalarning darajasi bir-biriga yaqin" Yangiliklar

Behzod SHamsiev: "Pro ligada jamoalarning darajasi bir-biriga yaqin"

Joriy mavsum Pro ligada debyut qilayotgan "Olimpik" jamoasi qisqa vaqt ichida muxlislar etiborini qozona oldi.

Jamoa qayd etayotgan natijalar va namoyish qilayotgan o'yin ham ko'pchilikka manzur kelyapti, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bu borada jamoa sardori Behzod SHamsiev ham so'zlarimizga qo'shilgan holda o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Beshta tur ortda qoldi. SHundan kelib chiqib Pro liga bahslari haqida nima deya olasiz?

- Pro liga joriy yilda ancha o'sishga erishdi, deb o'ylayman. Oldinga siljish kuzatildi.  Kubok bahslariga ham etibor bergan bo'lsangiz Pro liga jamoalari Superliga klublariga yaxshigina boshog'riq bo'la oldi. 9ta jamoaning har biri elitaga chiqishga harakat qiladi. Har bir o'yinga maksimal darajada tayyorgarlik ko'rish kerak. CHunki jamoalarning darajasi bir-biriga yaqin.

- "Olimpik" jamoasiga kelish tarixi qanday bo'lgan?

- Bu jamoaga kelishimga asosiy sababchilardan biri Timur aka Kapadze hisoblanadi. "Paxtakor"ga ham shunchalik tarbiyalagani uchun rahmat aytaman. Jamoada men to'p tepadigan poziciyada raqobat kuchli edi. Menga esa o'yin amaliyoti kerak bo'lgani uchun "Olimpik"ga o'tishga rozi bo'ldim. Klubda sharoitlar juda yaxshi. Men bilgan murabbiylar faoliyat olib bormoqda. 

- Pro ligada "Olimpik" uchun asosiy raqobatchi jamoalar kimlar?

- Asosiy raqobatchi jamoalar "Buxoro", "Neftchi" va "Dinamo"ni ayta olaman. Ularning darajasi Superliga klublaridan qolishmaydi. Tarkibida tajribali futbolchilar yig'ilgan. Ularning orasiga "Xorazm"ni ham qo'shishim mumkin. 

- Jamoada ichki muhit qanday?

- Hammasi yaxshi. Murabbiylar va futbolchilar orasida munosabat alo darajada. Qiyin vaziyatlarda bir-birimizga yordam beryapmiz. Mashg'ulotlar quvnoq kayfiyatda o'tadi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика