So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  4 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  0 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  9 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  13 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

Behzod SHamsiev: "Bizning asosiy maqsadimiz - bunday musobaqalar orqali tajriba to'plab, Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olish" Yangiliklar

Behzod SHamsiev: "Bizning asosiy maqsadimiz - bunday musobaqalar orqali tajriba to'plab, Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olish"

Bugun O'zbekiston U-21 terma jamoasi Ukrainalik tengdoshlarini mag'lub etib, Valeriy Lobanovskiy xalqaro xotira turnirida g'oliblikni qo'lga kiritdi. Uchrashuv yakunlagandan so'ng terma jamoamiz azosi Behzod SHamsievdan musobaqa haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

"Avvalambor, Valeriy Lobanovskiy xotira turniridagi g'oliblik bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklayman.Musobaqa haqida fikr bildiradigan bo'lsam, tashkilotchilik ajoyib tarzda tashkil etildi. Barcha sharoitlar yaratilib berildi. Buguni bahsda juda ham keskin bo'ldi. Ukrainaga g'alaba kerak edi va ular shunga yarasha maydonga tushishdi. Biroq biz ularga qarshi ajoyib tarzda harakat qilib, g'alabani qo'lga kiritdik, Murabbiylarimizning ko'rsatmalarini yaxshilab bajarishga harakat qildik deb o'ylayman. 

Musobaqada ishtirok etgan har ikki jamoa: Ozarbayjon va Ukraina ham Evro havosini olgan termalar hisoblanadi. Ularga qarshi biz ham yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ozarbayjonga qarshi bahsda ko'plab yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldik, Menimcha, ularga qarshi eng yaxshi o'yinlarimizdan birini ko'rsatdik deb o'ylayman. Imkoniyatlardan yaxshi foydalanganimizda hisob yirik ko'rinishda ham bo'lishi mumkin edi. Ukraina mezbon bo'lib harakat qildi va ular muxlislar qarshisida yaxshiroq harakat qilishga intilishdi. Biroq ko'zlangan maqsadga erisha olishmadi. SHuni qo'rqmasdan aytishim mumkinki, bizning terma jamoa bemalol Evropa jamoalarga qarshi tengma-teng o'yin ko'rsatishlari mumkin. Bizning asosiy maqsadimiz, bunday musobaqalar orqali tajriba to'plab, Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olish",- deb fikrini yakunladi Behzod SHamsiev.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика