Behruz SHaydulov O'zbekiston chempionatidagi debyut golini urdi
01 iyu 2024 11:32
Yangiliklar


Behruz SHaydulov O'zbekiston chempionatidagi debyut golini urdi
Kecha O'zbekiston Superligasining 10-turidan o'rin olgan "Surxon" - "So'g'diyona" (1:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvdagi yagona gol "Surxon"da 2019 yildan buyon faoliyat olib borayotgan himoyachisi Behruz SHaydulov tomonidan 68-daqiqada urildi. Bu gol SHaydulov uchun O'zbekiston chempionatidagi birinchi goli bo'ldi.
Malumot uchun, kecha futbolchi Superligadagi 99-uchrashuvida maydonga tushgandi.
Behruz SHaydulov 2000 yilning 1 dekabr sanasida tug'ilgan. Bu mavsum kechagi goldan tashqari ikkita golli uzatmani ham amalga oshirdi. Transfermarkt portali ayni paytda himoyachini 300 ming evroga baholamoqda.
Surxon Behruz SHaydulov - 68' |
Superliga. 10-tur 31/05/2024, 19:00 0
:
1
Tugadi
|
So'g'diyona |
45'
90'
O’xshash yangiliklar

Fikrlar