

Uchrashuvdagi yagona gol "Surxon"da 2019 yildan buyon faoliyat olib borayotgan himoyachisi Behruz Shaydulov tomonidan 68-daqiqada urildi. Bu gol Shaydulov uchun O'zbekiston chempionatidagi birinchi goli bo'ldi.
Ma'lumot uchun, kecha futbolchi Superligadagi 99-uchrashuvida maydonga tushgandi.
Behruz Shaydulov 2000 yilning 1 dekabr sanasida tug'ilgan. Bu mavsum kechagi goldan tashqari ikkita golli uzatmani ham amalga oshirdi. Transfermarkt portali ayni paytda himoyachini 300 ming evroga baholamoqda.




