So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  11 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  1 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  12 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  0 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  11 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  4 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  16 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   11 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

Behruz Asqarov: "Argentina gollarida tajriba katta rol o'ynadi" Yangiliklar

Behruz Asqarov: "Argentina gollarida tajriba katta rol o'ynadi"

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchisi Behruz Asqarov Argentinaga qarshi uchrashuvdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— Argentinaga qarshi uchrashuvdan so'ng press-centrdagi xorijlik mutaxassislar tomonidan o'zbekistonlik futbolchilar ichida eng yaxshi o'yinchi sifatida qayd etildingiz. Bunday etirofga qanday munosabat bildirasiz?

— Eng yaxshi o'yinchi deb topilganimdan xursandman. Menimcha, jamoamiz tarkibida yomon o'yinchining o'zi bo'lmadi. 1-turdagi xatti-harakatlarim o'zimga maqul keldi.

— O'tgan yili ham O'zbekiston Argentinaga qarshi bellashgandi, o'sha raqib bilan hozirgisining o'rtasida qanday tafovut bor?

— Farq unchalik katta emas. Jamoa tarkibiga 2-3 nafar tajribali futbolchilar qo'shilgan, shuningdek, gollar urilishida aynan tajriba katta rol o'ynadi. O'tgan yilgi bellashuv agressiv ruhda o'tgandi. Mening maydondagi vazifam raqib hujumlarini buzishga qaratilgandi. O'shanda ikkinchi sariq kartochka tufayli chetlatilgan edim.

— Argentinadan to'p o'tkazib yuborishimizda darvozabon ham xatolarga yo'l qo'ydi. Boymurodov haqida qanday fikrdasiz, uning qahramonliklari qaerga g'oyib bo'ldi?

— Buni futbol deydilar, unda har doim siz o'ylagan narsa bo'lavermaydi. SHaxsiy fikrimcha, Otabek Argentinaga qarshi yomon o'yin ko'rsatmadi.

— Keyingi raqib haqida qanchalik malumotga egasiz? Aynan sizning poziciyangizda to'p tepadigan raqib futbolchisini o'rgandingizmi?

— Har bir jamoaga qarshi o'yin oldidan ularni o'rganamiz va xatolarni to'g'rilab, keyingi o'yinda g'alaba uchun borimizni beramiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика