“Bayer”ning sobiq ustozi Gollandiya bosh murabbiyi bo'lishi mumkin
17 apr 2017 23:40
Yangiliklar
“Bayer”ning sobiq ustozi Gollandiya bosh murabbiyi bo'lishi mumkin
Germaniyalik mutaxassis Rojer SHmidt Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun asosiy davogar sifatida etirof etilyapti.
50 yoshli SHmidt shu yilning mart oyida “Bayer”ning qoniqarsiz natijalari sabab o'z lavozimidan ozod etilgandi. Liverkuzen klubiga qadar u Avstriyaning “Zalcburg” jamoasidan ishlagan edi.
Eslatib o'tamiz, Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Danni Blind JCH-2018 saralashi doirasidagi Bolgariyadan qabul qilingan mag'lubiyat (0:2)dan so'ng istefoga chiqarilgandi.
Fikrlar