"Bayer" "Liverpul" futbolchisiga qiziqmoqda
22 iyu 2021 10:38
Yangiliklar
"Bayer" "Liverpul" futbolchisiga qiziqmoqda
"Liverpul" himoyachisi Nataniel Fillips faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Futbolchiga Leverkuzenning "Bayer" klubi qiziqish bildirmoqda. Nemis klubi ehtimoliy transferni muhokama qilish uchun futbolchining atrofidagi insonlar bilan aloqaga chiqdi.
"Liverpul" o'yinchi bilan xayrlashishga qarshi emas, takliflarni eshitishga tayyor. Futbolchi 2016 yildan beri "Liverpul"da, ammo u asosiy jamoaga o'tgan mavsumda kira oldi.
Fillips o'tgan mavsum APLda 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar