So’nggi yangiliklar

10:15«Манчестер Юнайтед» «Бавария» билан келишувга эришди - Фабрицио Романо  0 09:46Футзал. Ўзбекистон ва Ангола ўртасидаги бугунги учрашув 13 августга қолдирилди. Нега?  0 09:18«Вест Хэм» анча вақт «Ювентус» қизиққан футболчи билан шартнома тузди  1 08:49Суперлига. Бугун яна иккита учрашув бўлиб ўтади  1 08:20"Пахтакор-79" абадий қалбимизда!  1 07:52Париж-2024. Мартанинг сўнгги учрашувида Бразилия финалда АҚШга мағлуб бўлди  1 07:2511 август куни Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)   3 04:53Рўзиқул Бердиев: "Бугун олти очколик ўйин бўлди, аммо "Пахтакор"ни ҳисобдан чиқариб бўлмайди"  7 01:50Максим Шацких: "Декабрь ойида барчасини сарҳисоб қиламиз. Ўйинни назорат қилдик ва рақибга имконият бермадик"  28 01:40МЮ "Атлетико" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 01:24Мората "Милан"га ўтиши ҳақида гапирди  0 01:07"Наполи" ҳатто Осимхен қолса ҳам, Лукаку билан шартнома имзоламоқчи, аммо 30 млн евродан қимматига эмас  0 00:40"Барселона" "Челси" ўйинчисининг трансфери устида ишламоқда  1 00:20Англия Суперкубоги. "Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед" 1:1, Брунонинг ажойиб голи ҳисобга олинмади  0 00:15Стерлинг "Ювентус"га ўтиши мумкин  0

Baxtiyor Tolipov: “Qo'qon-1912” o'z-o'zini mablag' bilan taminlash borasida ish olib bormoqdamiz” Yangiliklar

Baxtiyor Tolipov: “Qo'qon-1912” o'z-o'zini mablag' bilan taminlash borasida ish olib bormoqdamiz”

Joriy mavsum kuchlilar safiga qaytgan “Qo'qon-1912”ni oxirgi paytlarda ko'pchilik oliy ligada ishtirok eta olmaydi qabilidagi fikrlarni ilgari surmoqda.
Bunga sabab sifatida qo'qonliklarning moddiy texnik bazasi yaxshi emasligi aytilayotir. SHu va boshqa moliyaviy masalalar borasida klub vice-prezidenti Baxtiyor Tolipov saytimizga bergan intervyusida to'xtalib o'tdi.  

- Barchaga yaxshi malumki, Qo'qon bu – o'zbek futboli vatanidir. Afsuski moliyaviy sabablarga ko'ra klubimiz malum muddat kuchlilar safidagi ishtirokini to'xtatib turgandi. Keyin shahrimiz rahbarlari tashabbusi bilan “Qo'qon-1912”ning avvalgi qaddini tiklash borasida bosh qotirdik. Hatto birinchi ligada ham qatnasha olmayotgan jamoamizni qayta tuzib, uni har tomonlama puxta shakllantirishni o'yladik. Buning uchun o'z oldimizga uch yillik ish rejasini joriy etib, shu asosda eng shimarib ishga kirishdik. 2012 yili klubni birinchi ligada ishtirok etishini istab, dastlab PFL rahbarining qabulida bo'ldik. So'ngra O'FF prezidenti Mirabror Zufarovichning shaxsan o'zi bilan uchrashib, rejalarimiz bilan tanishtirdik. SHunda Usmonov “Qo'qon-1912”ning birinchi ligada ishtirok etishiga ruhsat berdi. Bildirilgan ishonchni oqlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldik. Dastlabki mavsum ligada o'z o'rnimizni saqlab qolishga etibor qaratdik. O'sha yili bir oy ichida mahalliy futbolchilardan iborat jamoa tuzdik. CHempionatni esa 8-o'rinda yakunladik. 2013 yilgi mavsumda kichik bronza medallariga ega chiqdik. Uch yillik rejamizga ko'ra, 2014 yili jamoani kuchlilar safiga olib chiqish lozim edi. Ko'rib turganingizdek, bu yil vazifani bajardik.

- Bu yil klubimizning mavsum davomidagi sarf-harajatlari 2 milliarddan oshmadi. Yil boshida 3 milliardan so'm byudjet tuzib chiqqandik. Lekin ishlab turgan korxonamiz ishchi xodimlari, klub hisobida bo'lgan stadion va baza xodimlariga ham o'zimiz haq to'laymiz. Futbolchilarga oylik maoshlarni shartnomada ko'rsatilgan band bo'yicha to'lab kelmoqdamiz. 12 nafar o'yinchimizga 1 milliondan so'mdan maosh to'ladik. Bu klubda eng yuqori bo'lgan maoshdir. Eng kam oylik 500 000 so'm bo'ldi.  

- Futbolda ko'p narsa moliyaviy jihatga bog'liq. Bugungi kunda respublikamizning turli shahar va tumanlarida keng tarzda qurilish ishlari olib borilmoqda. Jumladan Qo'qon shahrida ham qurilish ishlari avj olgan. Ochig'i, bunday paytda klubga homiy topib, undan kelib tushadigan pulga qaram bo'lib o'tirish o'zini unchalik oqlamaydi. SHu tomonini o'ylab, qanday bo'lmasin klub o'z-o'zini mablag' bilan taminlashi lozimligini ko'rib chiqdik. Biznes rejalar tuzdik. Bu borada dastlabki qadamni tashlashimizda “Qo'qon spirt zavodi OAJ”ning tasischi etib tayinlanishi muhim o'rin tutdi. Keyinchalik spirt zavodining “barda” (atala) ishlab chiqarish bo'limi klub hisobiga o'tkazildi. Ishchi xodimlar o'sha-o'sha. Ularga oylik maoshlarni o'zimiz to'lab kelmoqdamiz. “Barda”dan tushgan foydani jamoa rivoji uchun sarf etdik. CHorvachilik bilan shug'ullanuvchi fermerlar bilan kelishuv tarzida bugungi kunda ham “barda”ni sotib kelmoqdamiz. Klub daromadining 85 foizi ushbu zavod bo'lmoqda. Qolgan 15 foizi esa o'zimizning boshqa tijorat ishlarimizdan chiqmoqda. SHuni alohida takidlab o'tishni istardimki, bugungi kunda klub to'liq o'z-o'zini moddiy tomondan taminlab kelmoqda. Birorta ham homiy tashkilot biriktirilmagan. Birgina bu bilan cheklanib qolmasdan, yangi-yangi loyixalarni joriy etib kelmoqdamiz. Yani klubimiz ip egiruv kombinati qurmoqda. Viloyat hokimligi elon qilgan tenderda biz kata binoni yutib chiqdik. Yaqinda SHvecariyaning “Reytr” firmasi bilan shartnoma tuzdik. Binoda qurilish ishlarini boshlaganmiz. Kuniga 10 tonnayu, 800 kilogramm ip ishlab chiqaridigan kombinat qurmoqdamiz. Buning uchun bankdan 10,5 milliard so'm kredit olyapmiz. Undan tashqari klub tasischiligida “Qo'qon futbol tekstil MCHJ” va “Qo'qon futbol trans MCHJ” ochganmiz. Bu “Qo'qon futbol trans MCHJ” yuk tashish va axoligi xizmat ko'rsatish bilan shug'ullanmoqda. SHu ikki MCHJ va bitta “barda” ishlab chiqarish zavodimizni hisoblasak jami uchta ishlab chiqarish korxonamiz bugungi kunda faoliyat ko'rsatmoqda. Ip-egiruv korxonamiz esa kelgusi yilning mart oyidan boshlab ishga tushadi.

- Xabaringiz bor, o'tgan yili klubimizga yangi qarorgoh qilgandik. SHahrimizda joylashgan ilgari temiryo'lchilarga qarashli bo'lgan va bugungi kunda qarovsiz xolatga tushib qolgan 35-maktabgacha bo'lgan talim muassasasini klub to'liq sotib oldi. Bir oydan buyon u erda ham qurilish ishlari olib borilmoqda. 60 sotixli, pishgan g'ishtdan qurilgan ikki qavatdan iborat bino. Mevali darahtlarga boy. U erni kelgusi mavsumga futbolchilar uchun turargoh qilmoqdamiz. Yangi bazamizning o'zida mashg'ulot o'tkazish uchun maydon qurishni ham rejalashtirganmiz.   

- Kelgusi rejalar haqida shuni ham aytib o'tishim kerakki, klubga yangi zamonaviy avtobus xarid qilishni kelasi yilllik byudjetimizdan mablag' ajratganmiz. Hozirgi foydalanayotgan “Isuzi” avtobusimiz yoshlar jamoamizga xizmat ko'rsatadi. Murabbiylarimiz yangi mavsum rejalarini tuzib chiqmoqda. 1 dekabrga qadar uni bizga taqdim etishadi. SHundan so'ng jamoaga kerakli sharoitlarni yaratib berish uchun ishlaymiz.

- Ayrim odamlar o'ylaganidek klubimiz oliy ligada ishtirok etish uchun moddiy tomondan qiyinchiliklarga duch kelmaydi. Elitaning o'rtamiyona jamoalari sarf etayotgan mablag' bugungi kunda bizda ham mavjud. Agarda rejalashtirgan biznes ishlarimiz o'zini oqlasa, moliyaviy imkoniyatlarimiz yanada yuqori bo'lishiga shubha yo'q.   

Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика