So’nggi yangiliklar

13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  0 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  13 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  2 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  6 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  7

Baxtiyor Tolipov: “Qaysidir futbolchini ayblash fikridan yiroqman” Yangiliklar

Baxtiyor Tolipov: “Qaysidir futbolchini ayblash fikridan yiroqman”

CHempionat uchrashuvlari yakunlanishiga bir tur qolganda ham (!) oliy ligada bosh murabbiy vazifasidan ozod etilish fakti yuz berdi.

O'z maydonida “So'g'diyona”ga 1:3 hisobida  yutqazib qo'yganidan so'ng qo'qonliklar zudlik bilan yig'ilish o'tkazishib, yakunda Rustam Abdullaev bilan xayrlashishga qaror qilishdi. Jamoani oxirgi tur bellashuviga mahalliy mutaxassis Muhsin Nizomiddinov boshlab tushadigan bo'ldi. Istefo tafsilotlari ko'pchilikni qiziqtirayotgani tayin va “temirni qizig'ida bosish” maqsadida o'yining ertasi kuniyoq (6 noyabr juma kuni) Qo'qonga borib klub vice-prezidenti Baxtiyor akani suhbatga chorladik. Tabiiyki, asosiy mavzu jamoaning o'tkazgan oxirgi uchrashuvlari bilan bog'liq bo'ldi. Hech qachon intervyu borasidagi iltimoslarimizni erda qoldirmagan klub mutasaddisi vaziyat yoqimli emasligiga qaramay, fikrlari bilan o'rtoqlashishdan o'zini olib qochmadi. 5 noyabr kuni chiqarilgan buyruq bilan bevosita tanishib chiqdik. Unga ko'ra shu kundan boshlab Rustam Abdullaev o'z lavozimidan ozod etilganligi qayd etib o'tilgan.

– “Qo'qon-1912” o'z maydonida jizzaxliklardan engilganidan so'ng klub yig'ilishi o'tkazilib, murabbiylar o'z vazifalaridan ozod etilganligi haqida xabarlar yangradi. Autsayderdan uchralgan mag'lubiyat mahalliy muxlis va rahbariyatga botmagani bilan bog'liqmi?

– Futbolchilarimiz oxirgi turlarda “Metallurg”, “Neftchi” singari jamoalar ustidan qozonilgan g'alabalardan so'ng oldimizga qo'yilgan vazifani uddaladik, deya o'zlariga bo'lgan ishonch ortib ketganmi, harqalay, “So'g'diyona” bilan bahsga sovuqqonlik bilan qarashgani sezilib qoldi. Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili birinchi ligada ham o'z maydonimizdagi oxirgi uchrashuvda oliy ligaga chiqqanligimiz munosabati bilan muxlislarimizga bayramona kayfiyatni ulasha olmay, “Mashal-2”ga yutqazib qo'ygandik. SHunda ham raqibni mensimaganliklari sezilib qolgandi. Biz jamoaning mashg'ulotlar o'tkazayotgan chog'ida ham tashrif buyurib, aynan mana shu mavzuni ko'targandik. To'g'ri, oldimizga qo'yilgan vazifa uddalandi, ammo o'z maydonimizdagi oxirgi o'yinda muxlislarimizga quvonch ulashish darkorligini tayinlagandim. Yil davomida qilingan mehantimizning chiroyli tarzda yakun topishini juda ko'pchilik kutishayotgandi. Afsuski, o'yin o'xshamadi. Murabbiylar shogirdlarini aynan mazkur uchrashuvga munosib tayyorlay bilishmadi. Natijada bosh murabbiyni ishdan olishimizga to'g'ri keldi. SHtabni to'laligiga haydab yuborganimiz yo'q. Rustamning yordamchilari qolishadi. Boshqaruv vaqtinchalik yoshlar jamoasi ustozi Muhsin Nizomiddinov zimmasiga yuklatildi.


– O'yinchilardan kimlardir ham ishonchingizni oqlamadimi? Faqatgina murabbiyning xatolari mag'lubiyatga olib kelmagandir?

– Bellashuvdan keyin ehtirosga berilib ketib, kimlargadir qattiq gapirib yuborgan bo'lishim mumkin. Xatolar ham futbolning ajralmas qismi ekanligini tobora tushunib bormoqdamiz. Hech kim adashmasa qizig'i qolmaydi. “So'g'diyona” bilan bahsda birinchi bo'limda ikkita golni o'tkazib yuborgan Baklanovni ham ayrimlar ayblashga urinishmoqda. Bundan bir tur ilgarigi Farg'onada “Neftchi”ga qarshi kegan o'yinda murakkab vaziyatlarda Andrey jamoamiz joniga aro kirgandi. Kecha xatolarga yo'l qo'yganligini ko'rib turdik. SHaxsan o'zim bu darozabonimizni ayblash fikridan yiroqman. Asosiy xato murabbiylar tarafidan yo'lga qo'yildi. Tarkibni aniqlashda ham bir qator chalkashliklar yuzaga kelganini takidlab o'tmoqchiman. Ayniqsa, himoya chizig'i ishonchsiz tarzda o'ynadi. Bosh murabbiy himoyachi Golbanni hujumda tushirishni afzal bildi. Otabek Haydarov esa zaxirada qoldirildi. Bazilar umuman boshqa poziciyada to'p surishlariga to'g'ri keldi. Tayanch yarim himoyachisi hisoblangan Quvonliq Ro'ziev esa qanotga o'tkazilib qo'yilgandi. SHu sababli malum ijrochilarni ayblash fikridan yiroqman.

– Uchrashuv o'zingizda hech qanday shubha uyg'otmadimi? Mag'lubiyatni faqat xatolarga yo'l qo'yilgani bilan izohlaysiz, shundaymi?

– SHuni ishonch bilan ayta olamanki, bunday o'yinlar bizning Qo'qonda bo'lmaydi. Boshqa gapga esa o'rin yo'q.

– Jamoaning ishtirokida ko'plab kutilmagan natijalar qayd etilganligi ham aniq fakt: “Paxtakor” va “Lokomotiv” bilan o'zo'yinglarda durang o'ynadinglar. Viloyatning bosh jamoasini chempionatlar tarixida ilk bor rasmiy uchrashuvda engishning uddasidan chiqildi. Demak, shubha-gumonlarga borishdan avval, jamoaning boshqa natijalariga ham etibor qaratish kerak ekan-da?

– Qo'ldan kelganicha klubda barcha sharoitlarni yaratib berishga harakat qilmoqdamiz. Maosh va mukofot pullari o'z vaqtida to'lanmoqda. SHuning uchun yigitlarimiz birovning qo'liga qarab qoladigan darajada och emaslar. Oylab pul ololmayotgan jamoalarda balki chetdan alanglab boqishib, kimlar nimani tavsiya qilarkin, degan fikr ustun turar, bilmadim. Oxirgi paytda yutsak – sotib olishgan, yutqazsak – sotishgan qabilidagi gaplar hatto ommaviy axborot vositalari sahifalarida yangrashi kuzatilmoqda. Mana shunday holatlar ham futbolchilarga ruhiy tomondan salbiy tasir o'tkazib, munosib tayyorgarlik ko'rishlariga halaqit qilgan bo'lishi mumkin. “So'g'diyona” o'zi uchun kerakli ochkolarni qo'lga kiritish uchun “Qo'qon-1912”ni sotib oladi, qabilidagi uzunquloq gaplar o'yindan avval tinmay yangrab turgandi. Toshkentning “Lokomotiv”i bilan o'z maydonimizdagi bellashuvidan avval ham shuncha o'xshash mish-mishlar bolalab ketgandi. Rustam Abdullaev faoliyati mobaynida Vadim Abramov bilan birga faoliyat yuritganiga shama qilishgandi. SHuning uchun mana shu bahsdan avval alohida yig'ilish o'tkazib, bolalarni jiddiy tarzda hushyor bo'lishiga undagandim. Qarasam, ruhiy bosim ostida birinchi taymda futbolchilarimizning harakatlari umuman qovushmayapti. Xato qilishdan cho'chishib, to'pni o'zlarida saqlab o'tirmay, tezlikda sheriklariga oshirishga harakat qilishmoqda. Tanaffusda yana kirishga majbur bo'ldim. Erkin o'ynashlarini tayinlab, sizlarga nisbatan hech qanday shubha-gumon yo'q, deya tinchlantirishga urindim. SHundan keyin ikkinchi bo'limda o'yin butunlay o'zgarib ketdi. “So'g'diyona” bilan ham yigitlarning harakatlari qovushmaganini takidlash joiz.

Umuman, bosim ostida harakat qilish juda mushkul hisoblanadi. Kelishilgan o'yinlar haqida gap-so'z juda kuchaydi. Muxlislar nega stadionga kirmay qo'yshdi, deya bong urasizlar. Noto'g'ri tashviqot orqali ularni o'zimiz bezdirib qo'ymayapmizmi? OAVning o'rni aksincha bo'lishi kerak emasmi? Hamma uchrashuvlarni kelishilgan deyishdan tonmaydiganlar ham topiladi. O'xshamagan bellashuvlarimizda ham nopoklikka borilmagan. Sizlarni ishontirib aytamanki, “Qo'qon-1912” hech qachon hech kim bilan kelishishga urinmaydi!

– Mavzudan biroz chetlashsak. Klub mablag'ni misqollab topmoqda. Hozirgi kunda pul ishlashning o'zi mushkul. Lekin oliy ligada bitta futbolchiga ko'tarma puli sifatida 50-60 million so'mlab berilib, yillik sarf-xarajatning asosiy qismidan ajralish oson jarayon hisoblanmasa kerak?

– Yosh futbolchilar bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashdagina muammoga duch kelamiz. Asosiy tarkib vakillari bilan faqat bir yilga mo'ljallangan bitimlar tuzilmoqda. Kerak desangiz, o'yinlari o'xshab qolgan futbolchilar yangi mavsum uchun o'z baholarini oshirib olishar ekan. Xabaringiz bor, qishki yig'inlar chog'ida bir qator taklif qilingan o'yinchilarimiz bizga o'tishga rozilik bildirishmadi. Aldashadi, pul topib bera olishmaydi, singari shubha-gumonlarga borganliklari aniq. CHunki bu ancha avvaligi tushuncha buyicha. Yuritayotgan faoliyatimizni ko'zatib, endilikda o'zlarini tavsiya qilayotgan taniqli ijrochilar soni ortib bormoqda. Qolaversa, boshqa klublar sharafini himoya qilgan mahalliy yig'itlarni Qo'qonga qaytarmoqchimiz. Ko'rishdi, hech kimni aldamayapmiz. SHatroitlar yomon emasligiga bevosita futbolchilarning o'zlaridan so'rab ham bilib olishingiz mumkin. O'zim esa Rossiyaning nufuzli klublaridan biriga borib, futbolchilar bilan shartnoma tuzish usullarini o'rganib qaytmoqchiman. 20 noyabrdan keyin chempionat bahslari yakuniga etganidan so'ng mazkur safarni amalga oshirishimiz mumkin. Futbolchilarning topayotgan pullari halol. Mehnatiga yarasha haq to'lanmoqda. Tarkibimizdagi yoshi katta o'yinchilardan Nosir Otaqo'zievni olaylik. Juda yaxshi futbolchi ekan. O'zini tutishi orqali ham jamoadoshlariga o'rnak bo'lmoqda. SHuningdek, Aleksey Nikolaev jamoaga juda katta foyda keltirmoqda. Ular mashg'ulotlardan ham yoshlardan ko'ra ko'proq ter to'kishadi. Ammo shunday toifadagi futbolchilar bor ekanki, qishki tayyorgarlik jarayonida o'zlarini har tomonlama ko'rsatishga intilishib, shartnoma imzolanib bo'lganidan so'ng, rasmiy bellashuvlar boshlangach, butunlay salbiy tomonga o'zgarib qolishlari ko'zatiladi. Oldingi harakatlaridan keyinchalik asar ham qolmaydi. Kelasi yili ham shunday usulda pullarni undirib olish ilinjida har qanday ishga tayyor yigitlar topilib turilar ekan. Birdaniga yangilikni tadbiq etish ham foydasini beravermaydi. Vijdonli yigitlarga to'lagan pullarimiz halol bo'lsin. Aynan shular jamoani ortlaridan ergashtirishdi. Birinchi davra yakuniga ko'ra, 11 ochko jamg'argan bo'lsak, chempionatning qolgan qismida 20 ochko olishdi. Yana oxirgi tur ham bor. Kechagi singari xatolarga yo'l qo'ymaganimizda hozirda 5-6-o'rinlarni band etib turgan bo'larmidik? Pulni o'rniga ishlatilishi taradoriman. SHuningdek, yangi futbolchi jalb qilishda ham hushyor bo'lishimiz talab etilar ekan. Foydasi tegsa, bergan mablag'larimizdan rozimiz.


– Baxtiyor Ashurmatov varianti bu yilgi yozgi tanaffus mahalida ham yuzaga kelgandi. Endilikda jamoa bosh murabbiysiz qoldi. Nomzodlar o'rganilishi jarayonida asosiy urg'u ushbu mutaxassisga qaratilishini taxmin qilish qiyin emas.

– Kechagina murabbiyni ishdan bo'shatdik. Oxirgi turda Muhsin Nizomiddinovga ishonch bildirdik. Avvalo fursatdan foydalanib, Rustam Abdullaevga ham o'z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Ikki yil davomida jamoaning munosib tarzda shakllanib borishi yo'lida o'z bilim va mehnatlarini ayamadi. Afsuski, hamkorligimiz taqdir taqazosiga ko'ra barvaqt yakun topdi. Bu yog'iga shunday mutaxassisni jalb etishimiz kerakki, yaxshi bilasiz, rivojlanishning navbatdagi besh yillik rejasiga egamiz. Pog'onama-pog'ona yuksalib borishimiz ko'zda tutilgan. Uzoq fikrlamasdan, yangi chaqiriladigan murabbiyni qandaydir sababga ko'ra yana almashtirib yuborsak o'zimizga ziyon. Taklifda yanglishmasligimiz darkor. Har bir nomzodni puxta o'rganib chiqishimiz talab etiladi. Mahalliy futbolchilar bilan oldiga qo'yilgan vazifani bajara oladigan murabbiy bilan hamkorlikni davom ettiramiz. SHu sababli hozirgi paytda aniq bir nomzod haqida gapira olmayman. CHempionatning oxirgi turini yakunlab, maslahatlashgach, biror qarorga kelarmiz.

Endi bevosita Baxtiyor Ashurmatovga o'tsak, yaxshi bola. Qo'qonimiz farzandi. Qanday saviyadagi mutaxassis ekanligini “Navbahor”dagi faoliyati davomida isbotlab kelmoqda.

– Oliy ligada bu yil nima maqul tushdiyu, qaysi jabhalar umuman yoqmadi?

– Birinchi ligaga nisbatan saviya ancha baland ekanligini takidlab o'tishimga hojat bo'lmasa kerak. “Oliy”ning o'ziga yarasha tashvishlari ko'p ekan. Har qanday holatda muxlislarimiz stadionda bizni qo'llab-quvvatlashda davom  etishdi. Yangi tashkil qilingan muxlislar klubimizni mamlakatimizda etakchilar qatorida tilga olina boshlashdi. Eng yoqmagan tomoni, mavsum mobaynida kelishilgan o'yinlar borasidagi gaplarning ortiqcha bo'rttirib yuborilishidir. Futbol ichida mehnatini ayamay kelayotgan insonlarning harakatini bazan shubha ostiga olinishi yarashmaydi. Yaqinda “Sport” telekanali orqali “Sokker klub” ko'rsatuvida qo'qonliklarning ham shubhali uchrashuvlarda qatnashganlig borasidagi fikrlar yangradi. Undan keltirilgan faktlar haqiqatdan biroz yiroqdir. Masalan, “Lokomotiv” bilan kechgan bahsda zaxiradan tushirilgan yosh o'yinchi o'zi bilmagan holda raqib darvozasini ishg'ol etib qo'ygan, qabilidagi fikrlar yangradi. Aslida esa bunday emas. Zaxiradan maydonga tushgan Otabek Haydarov etakchi azolaridan biri sanaladi. Uning “Neftchi” tarkibida ham o'ynaganligini eslatib o'tishga hojat bo'lmasa kerak. O'sha faktlarni keltirgan inson Qo'qondagi stadionda umuman bo'lmagan. Haydarovning zaxirada o'tirib qolish sabablariga kelsak, ikki tur avvalo olgan jarohati bilan bog'liq edi. Isbotsiz gaplar orqali boshqalarni chalg'itishga urinish to'g'rimikan?  Bazan matbuot sahifalari orqali shoshilinch xulosalar chiqarib qo'yishmoqda. Xorijda ham futbolimizni kuzatishyapti. Faktlarga tayanmagan gaplar bilan o'zimizni-o'zimiz oyoqosti qilmayapmizmikan? Mana, “Andijon” borasidagi fikrlar o'z isbotini topmay, jamoa oliy ligada qolish vazifasini uddaladi. SHubha ostiga olingan o'yinchilar jamoaga qiyin paytda foydalari tegdi. SHu taraflarni o'ylaylik. Futbolchilarning mehnatlari oson emasligini tushunaylik. Yoz faslida bitta mashg'ulotdan keyin bolalar kamida 4-5 kilogrammga yaqin vazn yo'qotishadi. Rasmiy o'yinlar vaqtida kuch ketishini esa tasavvuringizga keltirib qo'yavering.


Abduhafiz  ADBULAZIZ o'g'li  suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика