So’nggi yangiliklar

03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  1 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  1 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  14 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  1 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  7 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  14 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1

Baxtiyor Tolipov: “Muxlislarimiz oldidagi qarzlarimizni ikki barobar qilib qaytarishimiz zarur” Yangiliklar

Baxtiyor Tolipov: “Muxlislarimiz oldidagi qarzlarimizni ikki barobar qilib qaytarishimiz zarur”

Qo'qon-1912 shaxdam qadamlar bilan taraqqiy etib borayotgan klublarimizdan biri ekanligini mamnuniyat bilan etirof etib kelamiz.

Aniq rivojlanish strategiyasiga ega va o'z-o'zini mablag' bilan taminlab, zamon talablariga mos tushishlaridan yaxshi xabardorsiz. Jamoa ehtiyoji uchun etarli miqdorda mablag' yo'naltirilayotganidan tashqari, infratuzilmani joy-joyiga qo'yish uchun ham sarmoya kiritilayotganini katta voqeliklar qatoriga qo'shishimiz mumkin. Jamoaning ushbu mavsumdagi ishtiroki unchalik qovushmaganligini takidlab keldik. SHu sababli ham ularga oid kengroq materiallarni ijobiy tarzda yoritish nasib etmadi.

Har safar Qo'qonga safar uyushtirganimizda, klub ehtiyoji uchun barpo etilayotgan yangi inshootlar bilan bevosita klub rahbari tanishtirib chiqadi. Bu safar ham anana buzilmadi. Qo'qonspirt akciyadorlik jamiyati hududi ichida o'rinbosarlar tayyorlash uchun maxsus akademiya binosi, yopiq sport zal, 25 metrli suzish havzasining qurilish ishlari nihoyasiga etib qolganini ko'rib, ochig'i, rosa havas qildik. Dekabr oyi oxirlariga borib, to'laligicha klub ixtiyoriga topshiriladi. Baza borasida ham harakatlar to'xtab qolgandi. Negaligini surishtirib bilsak, rahbariyat sharoitlarni yanada qulay holga keltirish borasida qo'shimcha mablag' ajratishga vada bergan. Kamida besh yulduzli otel darajasida bo'lishini aytishgan.

– Har safar Qo'qonga tashrif buyurganimizda iliq qarshi olib, amalga oshirilgan ishlar borasida o'ziga xos tarzda hisobot berardingiz. Ammo bu yil ananadan biroz chekinilib, sukut saqlanishi jamoaning chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etmaganligi bilan bog'liqmi?


– Suhbat qilish mobaynida qandaydir yangiliklarga to'xtalib o'tishimiz talab etiladi. Umumiy gaplardan gazetangiz o'quvchilari ham zerikishgan bo'lishsa kerak. Doim bir xil mavzu: tarkibni kuchaytiramiz, legionerlar olib kelish kerak, muammolarni bartaraf etish, qabilidagi fikrlar doimiy takrorlanib keladi. Ko'rsatishga arziydigan ishni amalga oshiraylik, keyin suhbatlashish qochmas, degan manoda intervyuga rozilik bermay kelayotgandim. CHempionatning ilk turlarida harakatlarimiz biroz o'xshamaganini yaxshi bilasiz. Murodbek Ismoilovni yaxshi niyatlar bilan bosh murabbiy qilib olib kelgandik. Mutaxassis ishga eng shimarib kirishib, tarkibni yoshartirib, bu yilcha natija talab qilmay turishimizni qattiq iltimos qilgandi. Bizga ham takliflari yoqib tushgandi. Istedodli bir qator futbolchilar jalb qilindi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod hisoblangan 1995-1996 yillarda tavallud topgan yigitlardan iborat edi. Futbolda tarkibni yoshartirish siyosatini birdaniga amalga oshirish nihoyatda mushkul masala hisoblanar ekan. Qolaversa, chempionatimizning saviyasi baland ekanligi ham sezilib qoldi. Yosh bolalarning kuchi evaziga ochko jamg'arish nihoyatda qiyin bo'ldi. Baribir malakali ijrochilar bo'lishi zarurligi ko'rinib qoldi. SHu sababli ham ikkinchi davra bahslariga kirishishdan avval safimizni malakali ijrochilar hisobiga kuchaytirmasak bo'lmasligini tushunib etdik. Serbiyadan ikki nafar ancha bo'ydor hisoblangan himoyalar olib kelindi. Yakunda xuddi o'tgan mavsumdagidek, musobaqa jadvalida 12-o'rin bilan kifoyalandik. Maqsadimizdan yaxshi xabardorsiz, jamoa yildan-yilga natijalarini yaxshilab borishi ko'zda tutilayotgandi. Ushbu mavsumdagi yo'qotishlar hisobiga, kelasi yili bir emas, ikki qadam oldinga tashlashimiz talab etiladi. Har safar kelganingizda qandaydir amalga oshirgan yangiliklarni ko'rsatardim. Mana hozir ham kapital tamirdan chiqarilgan avtovokzal binosida joylashgan klub ofislari bilan tanishib chiqdingiz. Barcha qulayliklar yaratib qo'yilgan. Amalga oshirilayotgan qurilishlarning to'liq bitishiga biroz vaqt bor edi. Mayli, ananamiz buzilmasin degan maqsadda ishlar ketayotgan jarayon bilan birgalikda tanishib chiqdik. Qo'qonspirt akciyadorlik jamiyati rahbarlariga rahmat, klubimiz ravnaqi yo'lida, sharoitlarning yanada yaxshilanib borishiga o'z hissalarini qo'shishmoqda. Moliyaviy tomondan etarli miqdorda sarmoyalar ajratilmoqda. Yangi inshootlarimiz qurilishi yakuniga etib qoldi. Yopiq zalda bemalol mini-futbol musobaqalarini o'tkazish mumkin. Trenajyor zali, suzish havzalari yangi yilgacha ixtiyorimizga topshirishga vada berganlar. Standart talablarga javob beradigan maydonimiz ham futbolchilarning ixtiyorida bo'ladi. Akademiyaning ikkita guruhi mazkur hududda joylashadi. Qo'shimchasiga ikkinchi liga, yoshlar jamoasi azolari ushbu arenadan foydalanishadi. Bemalol ayta olaman, bunday ishlar ancha-muncha klublarda uchramaydi. Jamoaning ehtiyoji uchun mablag' sarf etishdan tashqari, infratuzilmani takomillashtirib borish yuzasidan ham rahbarlardan kerakli topshiriqlarni olmoqdamiz. Qo'qon-1912 vaqtinchalik jamoa emasligiga mana shu olib borayotgan siyosatimiz ham bemalol isbot bo'la oladi.



– Murod Ismoilov istefoga chiqqach, bosh murabbiy tanlashda qaysi omillarga etibor qaratildi? CHunki Qo'qonda tayyor etilgan mutaxassislar – Muxtor Qurbonov, SHuhrat Rahmonqulov, Baxtiyor Ashurmatovlar o'sha mahalda jamoasiz qolishgandi va bemalol taklifingizga rozilik bildirishardi.


– Bosh murabbiy tanlashda uzoq o'yga tolganimiz ayni haqiqat. Birinchi davrada safarda Navbahordan engilganimizdan so'ng Murodbek meni ham ogohlantirmay, uchrashuvdan keyin uyushtiriladigan matbuot anjumanida jamoadan ketayotganini elon qilib yuborgan. Noiloj, tanlovini to'g'ri qabul qildik. Maqsadlari ulkan edi. Jamoaning kelajagi haqida jiddiy bosh qotirayotgandi. Qilgan sayi-harakatlari qaysidir jabhalarda o'xshamadi. Vaqtinchalik jamoani Sergey Kovshovga ishonib topshirdik. SHuningdek, Farg'ona viloyati futbol federaciyasining birinchi vice-prezidenti Tohir aka Kapadze ham o'z yordamini tavsiya qilib qolganida, xursandchilik bilan qabul qildik. Bir vaqtlar O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida to'p surgan yigitlarning 50-60 foizini qo'qonlik yigitlar tashkil etishgan. Vaqtlar o'tib, ular endilikda yaxshi saviyadagi murabbiy bo'lib etishishdi. Baxtiyor Ashurmatov, Muxtor qurbonov, No'mon Hasanov, Jalol Jo'nashev, Bahrom Hakimov, Zohid Nurmatovlar ichidan munosibini tanlab olishdek murakkab masala oldimizda turgandi. Omadimiz chopib, No'mon Hasanovning Paxtakordan ketganligi haqidagi xabarni eshitdik. Mulohaza qilib ko'rib, uning nomzodiga to'xtaldik. Qolganlari ham shubhasiz Qo'qon futboli uchun jonini berib ishlashga tayyor mutaxassislardir. Keiynchalik qarorimiz to'g'ri bo'lganini hayotning o'zi isbotlab qo'ydi. Murabbiy o'z oldida turgan vazifani ortig'i bilan uddalashga erishdi. Farg'ona viloyati va Qo'qon shahar hokimlari ham ushbu mutaxassis borasidagi taklifimizni har tomonlama maqullashgandi. Erishilgan natijadan tashqari, o'yin sifati ham ortganligini boshqalar etirof etib o'tishdi. CHempionatning so'nggi beshta o'yinining uchtasida g'alaba, ikkitasida esa durang qayd etildi. Eng asosiysi, stadionimizga muxlislarni qaytarishga erishdik. Ijobiy o'zgarishlar sezila boshladi.

– Demak, kelasi mavsumda jamoani qaysi mutaxassis boshqaradi, degan savolga o'rin qolmabdi-da?


– Xuddi shunday. No'monjon sog'lig'ida ayrim muammo yuzaga kelgani uchun shifoxonada yotib, davolanmoqda. 20 dekabrda boshlanadigan yig'inni o'zi o'tkazadi. Ishonch katta. Muxlislarimiz oldidagi qarzlarimizni ikki barobar qilib qaytarishimiz zarur. Yangi chempionatda kamida 6-o'rin uchun kurash olib borishimiz kerak. Besh yillik rejamizga ko'ra, 2018 yilda Osiyo CHempionlar ligasida o'ynash huquqini beradigan o'rinlardan biriga davogarlik qilishimiz ko'zda tutilgan.

– Qo'qon-1912 haqida keyingi yillarda ijobiy fikrlar bildirish urfga aylangan. Klubning nufuzi ortib, infratuzilma shakllanmoqda. Lekin saflarga malakali ijrochilarni jalb etishda hamon muammoga duch kelayotganga o'xshaysizlar.


– Klub rahbari sifatida bosh murabbiy qaysi futbolchining xizmatiga tayanmoqchi ekanligini aytsa, hammasini olib berdim. Ijrochilarni mutaxassis o'z qarashlaridan kelib chiqib taklif qiladi. Murodbekning tarkibni yoshartirish borasidagi rejasi rahbariyatga ham maqul tushgandi. Biroq yoshlarning o'zi bilangina ish bitishi mushkulligi sezilib qoldi. Ikkinchi davrada serblarni taklif etdik. Bosh murabbiy kerak degandi. Paxtakordan o'yinchi xarid qilindi, olinganlarning ijara haqi to'landi. O'zbekiston miqyosida murabbiylarimiz qaysi futbolchini safimizda ko'rishni istasalar, taklif etish uchun klubning imkoniyatlari bemalol etadi. Moliyaviy tomondan sharoitlarimiz bunga yo'l qo'yadi. To'g'ri, chet ellik yulduzlarni xarid qila olmasmiz. CHaqirgan legionerlarimiz olgan pullarini oqlashdi. Uylariga ketishlarida ham chiroyli tarzda kuzatib qo'ydik. SHartnomada belgilangan barcha mablag'larini to'liq to'ladik. Xursand bo'lib qaytishdi.

– Ikkala serbning kelgusi taqdiri qanday kechadi?


– Rejada yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida ularning ham mashg'ulotlarimizda ishtirok etishi bor. Murabbiylar tatildan qaytishsin, futbolchilar borasida maslahatlashamiz. Markaziy yarim himoyachi yoki o'tkir hujumchi sifatida malakali hisoblangan xorijlik o'yinchi taklif etish niyatidamiz. Legioner futbolchilar biznikilardan bir bosh ustun ekanligidan  tashqari…



– Kechirasiz, shu joyda fikringizni bo'lmoqchimiz. Nahotki, o'zimiznikilardan yaqqol ustunliklari sezilib turdi?


– Ha. Boshida moslashishlari biroz qiyin kechdi. Keyin esa himoya chizig'ining mustahkam qo'rg'oniga aylana bilishdi. Jamoaning ijobiy ishtirokiga katta yordamlari tekkanini etirof eta olaman. Ikkinchi tarafdan, haqiqiy professional ekanliklarini namoyon etishdi. Istiqomat qilayotgan mehmonxonaga xabar olish uchun o'tib turaman. Xonalariga kirganimda, gantel, turli og'irlikdagi toshlar yotardi. Eng qizig'i, turnik ham o'rnatib olishgan ekan. Bo'sh qoldi deguncha, o'zlarining ustida ishlashga intilisharkan. Ulardan ibrat olib, o'zimizning yigitlar ham mazkur jarayonga moslashib borishdi. Endilikda har birlarining xonalarida gantel bo'lishi oddiy holga aylandi. Yoshlarga o'rnak ko'rsatishdi. Ijobiy qirralarini o'zlashtirib qolish kerak, degan fikr futbolchilarga tasirini o'tkazdi shekilli. Yosh ijrochilarimiz uchun tayyor mahorat maktabi. Demak, yaxshi saviyadagi xorijlik o'yinchining foydasi katta ekan.

– Narxlari ham baland emas, to'g'rimi?

– Hozir o'zimizning o'yinchini chaqirganimizda, shuncha ko'tarma puli berasan deydi. Ikkalasining oladigan haqini qo'shib hisoblasangiz, legionerlarlarga deyarli barcha qatori pul to'landi.

– Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, ayrim klublardagi yuritilayotgan noto'g'ri siyosat evaziga mahalliy futbolchilarni o'zimiz buzyapmiz. To'lanadigan ortiqcha pullar bilan taltaytirib yuboryapmiz.


– Ikkinchi davrada shartnomalar yangicha tuzilib, bir qator futbolchilarni taklif qilgan bo'lsak, ko'tarma pullari shartnomasiga yozilmadi. Maoshiga talab qilgan miqdorni qismlarga bo'lib qo'shib berdik. Masalan, biror futbolchi bilan 50 million so'mga kelishgan bo'lsak, har oy malum qismini berib bordik. Og'zimiz kuydi-da! Ko'tarma pullarni oldindan olishib, keyin maydonda harakat qilmay qo'yishmoqda. Yangi mavsumdan shartnomaga mana shu bandni kiritamiz. O'yinchi hech nima yutqazmaydi. Ko'tarma pulini birdaniga emas, oyma-oy to'lab boramiz. O'shanda oyog'im og'riyapti, jarohat oldim, qabilidagi bahonalarga o'rin qolmaydi. Mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida bir xillari zo'r o'ynashni boshlashadi. Taklif qilib adashmadik, deysiz. Pulini to'lab bo'lganingizdan keyin esa uni umuman taniy olmay qolasiz. Nomi chiqqan, talab ham topilaverar ekan. SHu tariqa jamoalarini almashtirib yurishaveradi.



– Farg'ona vodiysi futboli inqirozda, degan masalaga munosabatingiz qanday?

– Inqiroz demagan bo'lardim. Biz joyimizda turibmiz. Boshqalar esa ancha ilgarilab ketishdi. Masalan, oliy ligadagi aksariyat klublardagi yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishib boraman. Etakchilar aynan infratuzilma borasida ilgarilab ketishdi. Farg'ona yoki Andijondan etishib chiqqan iqtidorni endilikda Paxtakor yoki Bunyodkordan sotib olishimizga to'g'ri kelmoqda. O'zlarida munosib sharoitlar yaratilmagani uchun chetga ketib qolishmoqda. Mana Istiqlol stadioni ichida Neftchining akademiyasi barpo etildi. Farg'onada to'g'ri qadam qo'yila boshlandi. 4-5 yil ichida mevasini ko'rishadi. O'zingizdan etishib chiqqan o'yinchi baribir boshqacha bo'ladi. Paxtakor barcha uchun o'rnak bo'lishi kerak. Mablag' yo'qligini aytishadi. CHempionatni 5-o'rinda tugatishdi. Biroz chekinish qilishadi-da, keyin yana avvalgi darajasiga chiqib olishadi. CHunki mustahkam poydevor qo'yilgan. Murabbiylar borasida boshqalardan qolishmaymiz. Masalan, Andrey Fyodorovning olib borayotgan ishlari yaxshi. O'y-xayoli faqat futbol bilan band. SHaroit tomonidan kamchiliklarning tasiri sezilib qolyapti. 2012 yilgacha Qo'qonda jamoa yo'q edi. Oraliq tanaffusdan keyin uch yilda oliy ligaga chiqishga erishdik. Endilikda klub o'z mulkiga ega bo'lmoqda. Markaziy stadion, avtovokzal binosi, baza to'laligicha klub ixtiyorida. Ilgari hech nimamiz yo'q edi. Yaqin kunlarda akademiya ham qo'shiladi. Bosqichma-bosqich yangi darajaga chiqib boryapmiz. Bu quruq gaplar emas. Kelgusi yili tashrif buyurganingizda yana boshqa qilgan ishlarimizni olib borib tanishtiramiz degan umiddaman.

 

Abdulhafiz ABDULAZIZ o'g'li suhbatlashdi.

“Futbol Ekspress” gazetasidan olindi.


"Qo'qon-1912": Ishonchni oqlagan legionerlarimiz

"Qo'qon-1912": 20 dekabr kuni tayyorgarlik boshlanadi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика