So’nggi yangiliklar

00:55Антони: "Ишонаверинг, янги мавсум менинг исмимни гол ва ассистлар билан бирга эшитасиз"  3 00:32Александр Крестинин: "Яратган вазиятларимизнинг учдан бир қисминиголга айлантира олганимизда ҳам бугун ғалаба қозонган бўлардик"  2 00:30Париж-2024 финал. Франция - Испания 3:5, Анри бошчилигидаги Франция ютқазди  0 00:12Расман: Давид Де Хеа – "Фиорентина" дарвозабони!  5 23:47Испания Францияни қўшимча бўлимларда мағлуб қилиб, Париж Олимпиадаси олтин медалларига эга чиқди!  24 22:30Денис Коростиченко: "Жамоада катта ўзгаришлар рўй берди. Суперлигада жон сақлаб қолиш эмас, юқорироқ ўрин эгаллашни мақсад қилганмиз"  3 22:09Про лига. "Қўқон-1912" меҳмонда "Машъал" устидан ғалаба қозонди  3 21:35Суперлига. "Локомотив" - "Олимпик" 1:1  8 21:17Суперлига. "Олимпик" ҳамон "тирик" экан, ёш футболчилар "Локомотив" билан дуранг ўйнашди  6 21:10Ольмо "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши маълум бўлди  6 20:45"Челси" тез орада 60 млн евролик трансферни амалга оширади  5 20:17Париж-2024. Франция ва Испаниянинг финал ўйини учун бошланғич таркиблари аниқ  1 19:45ПСЖ 40 млн еврога ҳимоячи сотиб олди  1 19:18"Тоттенхэм" "Борнмут" юлдузини трансфер қилмоқда  1 18:58Про лига. "Машъал" – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2

Baxtiyor Sattarov: “OTJning ishtiroki markazning noto'g'ri yo'ldan ketayotganini namoyish etib qo'ydi” Yangiliklar

Baxtiyor Sattarov: “OTJning ishtiroki markazning noto'g'ri yo'ldan ketayotganini namoyish etib qo'ydi”

“Mashal” jamoasida bir necha yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Baxtiyor Sattarov o'tkan yili yoshlar jamoasini boshqardi.

Aytish kerakki, uning boshchiligida muboraklik yoshlar chempionatda uchinchi o'rinni egalladi. Fikrlash doirasi keng bo'lgan Sattarov bilan suhbatlashib, olimpiya terma jamoamizning Osiyo chempionatidagi ishtiroki haqida so'radik. 

- Iroqqa qarshi o'yindan keyin tabiiyki o'zim uchun bo'lsada tahlil qilib chiqdim. Olimpiya terma jamoamizning ishtiroki menimcha terma jamoalar markazining noto'g'ri yo'ldan ketayotganini namoyon etib qo'ydi. Vaziyatga chuqur yondoshib, muammoni ildizidan ko'rib chiqish zarur. Eng avvalo O'zbekiston futbol federaciyasida islohot qilish payti keldi deb o'ylayman. SHaxsiy fikrim markazda ishni to'g'ri yo'lga solish kerak. SHundan so'nggina terma jamoalarning ishtirokini tahlil qilish mumkin bo'ladi. Futbolimiz rahbari Mirabror Usmonovning qabuliga kirishga bir necha bor uringanman. Ammo hozircha imkoni bo'lmayapti. Lekin bir necha bor yozma ravishda murojaat qildim. U kishi futbolimiz saviyasini oshirish uchun juda katta miqdorda moliyaviy ko'mak berib, sharoitlarni yanada yaxshilashga etibor qaratmoqda. Lekin ijrochilarchi...Samvel Babayanga etiroz bo'lishi mumkin emas. Juda quchli mutaxassis. Ushbu insonni “Navbahor”da mamur bo'lib ishlab yurganidan buyon bilaman. Murabbiy sifatida shakllanishi uchun shu kungacha juda ko'p o'qib, o'rgandi. Lekin uning bir vaqtning o'zida ikkita terma jamoani boshqarishiga shaxsan men qarshiman. Olimpiya terma jamoamizni boshqa murabbiyga ishonib topshirsa bo'lardi. Dilshod Nuraliev, Sergey Lushan kabi mutaxassislarga ishonch bildirilganida menimcha maqsadga muvofiq bo'lardi. Ular bilan aloqam yo'q. Ammo har qanday xolatda ham yoshlarimizni boshqa murabbiy boshqarishi tarafdoriman. Babayaning ham MTJda ham OTJda ish olib borishi bu huddi ikkita kemani bitta inson boshqarishi bilan barobardir. Qiyoslaydigan bo'lsak, siz mana jurnalistsiz. Uchrashuv paytida sizga ham o'yinni onlayn qilasan ham video tasvirga tushirasan desa, bunga qanday ulgurasiz?! Oldin Vadim Abramov  milliy terma jamoani boshqargan kezlarida olimpiya terma jamoani ham o'z qo'liga olgandi. Ko'rganmiz o'shanda bu qanday samara keltirganini. SHunga qaramay terma jamoalar markazi yana Babayanga ikkita terma jamoa boshqaruvini topshirdi. Bu bilan olimpiya terma jamoasi huddi tajriba o'tkazadigan jamoaga aylanib bormoqda. Uning vazifasi jiddiy edi. SHunga yarasha jiddiy etibor qilish zarurdir.  


- Keyin yana bir gap, Qatarga 23 yoshgacha bo'lgan o'yinchilarni olib ketish mumkin edi. Mamlakatimizda bunday yosh toifasidagi o'yinchilar bir talay. O'tgan yili oliy liga klubida ko'plab uchrashuvlarni o'tkazgan futbolchilar qolib, 1995-1996 yildagi o'yinchilarni olib ketishdi. Vatan jamoasi oldida har qanday inson shaxsiy manfaatini ustun ko'rmasligi kerak. Jamshid Iskanderov juda yaxshi futbolchi. Ammo u o'tgan yili deyarli jaroxatini davolatish bilan band bo'lib yurdi. SHunga qaramay uni murabbiylar har ikki uchrashuvda ham boshlang'ich tarkibda tushirdi. Janubiy Koreyaga qarshi bahs Jamshidni qanday formada ekanligini ko'rsatib qo'ydi. Buni hamma ko'rdi. SHunday ekan Iroqqa qarshi uchrashuvda Iskanderovni zaxirada qoldirib, boshqa futbolchiga ishonch bildirsa bo'lardi. Yoki Jamshid Boltaboevni olaylik, u o'tgan yili deyarli ko'rinish bermadi. Naxotki shunday bo'lsada u boshqa futbolchilarni zaxirada o'tkazib qo'ydi! Darvozabonning ham xatosi juda ko'p bo'ldi. Havodagi to'plarni qaytarish va umuman to'pga chiqishda braklar ko'p kuzatildi. Buni jamoamizdagi darvozabonlar murabbiyidan so'raganimda ham takidladi. O'ziga bo'lgan ishonch etishmagandek tuyuldi. Iroqqa qarshi o'yinda Asilbek Omonov yoki Javohir Ilyosovni qo'yganida hisob bizning foydamizga hal bo'lgan bo'larmidi...

 

Islombek Rustambekov.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика