So’nggi yangiliklar

15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  0 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  0 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  3 14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  3 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  2 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  5 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  7 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  5 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  19 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  2 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  8 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  6 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  1 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1

Baxtiyor Qambaraliev: "Iordaniyani bemalol yuta olamiz" Yangiliklar

Baxtiyor Qambaraliev: "Iordaniyani bemalol yuta olamiz"

Futbolchilik davrida himoyachi vazifasini bajargan Qambaralievga ham milliy terma jamoa libosini kiyish nasib etgan.
Bugungi kunda birinchi liga vakili "NBU-Osiyo" murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan sobiq futbolchi, bosh jamoamiz tarkibida 16ta o'yin o'tkazgan (1252 daqiqa) va bir bor o'z hisobiga gol yozib qo'ygan.

- Iordaniya bilan dastlabki o'yin biz uchun qoniqarli natija bilan yakun topishini istagandik. Yakunda shunday ham bo'ldi. Aslida yigitlarimiz Ammanda g'alaba qozonishlari ham hech gap emasdi. Uchrashuvni boshqarish to'liq futbolchilarimiz tomonida bo'ldi. Iordaniya yutsa bo'ladigan raqib ekanligi o'yin davomida shundoq ko'zga tashlandi. Raqib cho'chitadigan darajada emas ekan. SHu bois o'ylaymanki, ularni Toshkentda kechadigan bahsda bemalol yuta olmamiz. SHaxsan men bunga to'liq ishonaman.

- Aftidan durang futbolchilarimiz uchun qoniqarli edi shekilli, ular asosan shu hisobni ushlab qolish uchun to'p surgandek taassurot qoldirdi. Ikkala jamoada ham gol urish uchun jiddiy vaziyatlar sodir etilmadi. Bitta xato evaziga o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik. Qolgan vaqt davomida iordaniyaliklarga aytarli imkoniyat qoldirmadik. G'alaba qozonishimiz uchun esa ozgina omad etishmadi deb o'ylayman.

- Menimcha uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Server Jeparov bo'ldi. SHuningdek Jasur Hasanovning harakatlarini ham alohida ko'rsatgan bo'lardim.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика