Baxtiyor Qambaraliev: “Dinamo” – “Nasaf” bahsi tomoshabop ruhda o'tsa kerak”
17 avg 2013 11:19
Yangiliklar


Baxtiyor Qambaraliev: “Dinamo” – “Nasaf” bahsi tomoshabop ruhda o'tsa kerak”
SHu bois mazkur turdagi bo'lajak o'yinlar oldidan yaqin o'tmishning mohir himoyachilaridan biri Baxtiyor Qambaralievning fikrlari bilan qiziqdik.
- Menimcha 16-turning markaziy o'yini bu – Samarqandda kechadigan “Dinamo” – “Nasaf” bahsi bo'lsa kerak - deya gap boshladi Qambaraliev. Bemalol aytish mumkinki, mazkur uchrashuvga ko'plab muxlis kiradi. SHuningdek, “Paxtakor” – “Olmaliq” uchrashuvi ham tomoshabop ruhda o'tishiga shubha yo'q. Bu o'yin ham qiziq o'tadi.
- Bugungi kunda birinchi liga jamoasi “NBU-Osiyo” jamoasida faoliyat yuritayotgan Qambaralievda oliy liganing barcha o'yinlarini kuzatib borish imkoni bo'lmoqdami?
- Hamma o'yinlarni ham kuzatyapman deya olmayman. Bazida Toshkentda, “Lokomotiv” va “Paxtakor” stadionida kechayotgan o'yinlarga vaqt topib, borib o'yinni bevosita stadionda kuzatyapman. Qolgan o'yinlarni va umuman olganda bo'lib o'tgan uchrashuvlarda qayd etilgan gollarni TVdan ko'rib bormoqdaman.
- Tan olish kerak, bu yilgi chempionat o'yinlariga qiziqish yuqori emas. Buni muxlislarning stadionga jud kam tashrif buyurayotganidan ham bilib olish qiyin emas. Aynan tomoshabinlarning keskin tarzda qisqarib ketishiga nima sabab bo'lmoqda sizningcha?
- To'g'ri, ilgari tribuna fanatlar bilan deyarli to'lardi. Ayniqsa vodiydagi o'yinlar tomoshabinlar bilan to'lib toshgan. To'g'ri, bu yil negadir muxlislar tashrifi borasida maqtana olmaymiz. Bunga menimcha yuqori saviyadagi o'yinlar soni kamayib ketgani sabab bo'lmoqda. Misol uchun “Neftchi” va “Navbahor”ning o'yini yildan yilga pasayib ketmoqda. Hozir bu klublarning ichki muhitidan xabarim yo'q. SHuning uchun ularning avvalgidek yuqori o'rinlar uchun kurashishiga nima to'sqinlik qilayotgani menga qorong'u. SHuningdek bundan tashqari, ushbu jamoalarning avvalgi uy stadionlari qayta tamirlanayotgani sababli, bugungi kunda raqiblarini boshqa o'yingohlarda qabul qilayotgani ham qisman muxlislarning kamayishiga sabab bo'lmoqda deyish mumkin.
- Bu yil oliy liga jamoalaridan ko'proq qaysi jamoalar etiboringizni tortmoqda?
- “Lokomotiv”! Bu jamoa juda yaxshi shakllangan. SHuningdek “Paxtakor”. Bu jamoa garchi yoshargan tarkib bilan ishtirok etayotgan bo'lsada, o'zini ko'rsatmoqda. Birinchi davrada “sherlar”ning bir qator yosh o'yinchilari Turkiyada o'tkazilgan jahon chempionatida ishtirok etgani, jamoaning zaxira o'rindig'ining qisqarishiga ham sabab bo'ldi deyish mumkin. SHu bois endi “Paxtakor” ikkinchi davrada kuchayadi deb o'ylayman. “Nasaf” ham bu yil yomon taassurot qoldirmayapti. SHuningdek “Olmaliq”ni ham bu borada chetlab o'ta olmaymiz. Igor Anatolevich kichik shaharda kurashchan jamoa shakllantira oldi. Uning jamoasi chempionatdagi yuqori to'rtlikka bemalol jiddiy bosim o'tkazmoqda. Bundan tashqari bu yil “Metallurg”ning qayd etayotgan natijalari ham etiborga molik.
- Yaqinda “Paxtakor” safarda “Bunyodkor”ni mag'lub etdi. Aytingchi, endilikda chempionlik uchun ko'proq qaysi jamoaning imkoniyatini yuqori ko'ryapsiz?
- Hali oldinda chempionat tugashiga bir qator o'yinlar bor. Lekin bu borada birinchi navbatda “Lokomotiv”ni ko'rsatgan bo'lar edim. Unga “Bunyodkor” va jiddiy raqobat ko'rsatadi. SHuningdek ular safiga “Nasaf” ham qo'shiladi deb o'ylayman. 1-2-o'rinlar uchun kurash asosan ushbu jamoalar o'rtasida kechadi. “Paxtakor” bu yil ancha yoshargan tarkib bilan o'ynamoqda. SHunga qaramay jamoa ikkinchi davrani muvaffaqiyatli boshladi. Balki ular ikkinchi davrada vaziyatni o'zlari uchun ijobiy tomonga o'zgartirishi ham mumkin. “Bunyodkor”ga esa qandaydir charchoq alomatlari sezilyotgandek tuyulmoqda. SHu bois bu borada “Lokomotiv”ning imkoniyati boshqalarga nisbatan yuqori deyishim mumkin.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi

Fikrlar