Baxtiyor Qambaraliev: “Bugun “Loko” yutsa chempionlik so'nggi turda hal bo'ladi, aks holda “Paxtakor” chempion!”
21 okt 2014 12:12
Yangiliklar

Baxtiyor Qambaraliev: “Bugun “Loko” yutsa chempionlik so'nggi turda hal bo'ladi, aks holda “Paxtakor” chempion!”
Taniqli sobiq himoyachi Baxtiyor Qambaraliev bugun bo'lib o'tadigan “Lokomotiv” – “Paxtakor” o'yini oldidan fikrlarini bildirdi.
- Baxtiyor aka, bugun chempionatning markaziy va shu bilan birga chempionlikni hal qiluvchi o'yini oldidan nima deysiz?
- Bugungi ob-havoning noqulayligi sababli maydon holati ham yaxshi bo'lmaydi. Bu narsa o'yinga salbiy tasirini o'tkazmasdan qolmaydi. Menimcha o'yin durang bilan intiho topsa kerak. Lekin har ikki jamoaga ham ochko kerak. “Paxtakor”ning zaxira o'yini borligi ular uchun katta plyusdir.
- Hisob qanday bo'lishini taxmin qilyapsiz?
- 1:1 bo'lsa kerak. Har ikki jamoa teng kuchga ega. Buni ilgari ham suhbatlarimizda aytgandim. Lekin ko'p narsa bugun aniq bo'ladi. CHempionlik menimcha chempionat oxiriga qadar davom etsa kerak. “Lokomotiv” bugun yutsa baribir chempionlik masalasi so'nggi turda aniq bo'ladi. Aksincha “Paxtakor” yutadigan bo'lsa, “sherlar”ni chempion deb hisoblayvering. Yana kim biladi deysiz. Bu – futbol. Unda hamma narsa ro'y berishi mumkin.
- Bugungi o'yinni xorijlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bunga munosabatingiz qanday?
- SHaxsiy fikrim: o'zimizning hakamlarimiz ham yaxshi boshqarardi. CHetdan olib kelish shart emasdi deb o'ylayman. Bir paytlar Ravshan Ermatovni Rossiya premer-ligasi o'yinlariga ham taklif etishgani haqida gaplar chiqqandi. Ko'ryapsizmi o'zimizning hakamlarga ham chetdan takliflar bo'lmoqda. SHuning uchun bugungi uchrashuvda ham o'zimizni hakamlarimiz ishlashsa yomon bo'lmasdi.
- O'yinni qaerda ko'rmoqchisiz?
- Uyda ko'rishga qaror qildim. Xotirjam va tinchroq. SHunisi maqul.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar