Baxtiyor Hamidullaev: “Futbol uchun tug'ilganman. Undan boshqa ish qo'limdan kelmaydi”
02 jan 2014 20:10
Yangiliklar
Baxtiyor Hamidullaev: “Futbol uchun tug'ilganman. Undan boshqa ish qo'limdan kelmaydi”
“Andijon” klubi tarixida to'p surib o'zidan yorqin xotira qoldirgan futbolchilardan biri shubhasiz Baxtiyor Hamidullaev.
Hujumchi sifatida unga hamma havas bilan qaragan. 1999 va 2002 yilgi mavsumlarda u eng yaxshi to'purar nomiga erishgan. Bulardan tashqari hamisha to'purarlik salohiyatini namoyish etib o'zini nimalarga qodirligini ko'rsatib bergan. Bir so'z bilan aytganda Hamidullaev murabbiylar xohlagan hujumchilar sirasiga kirgan. Milliy terma jamoada ham uni muxlislar yaxshi ko'rishgan. 35 yoshli sobiq futbolchi 2011 yili “Andijon”da to'p surgach keyin “ko'rinmay” ketdi. Bunday yuqori saviyada to'p surgan futbolchining nima sababdan faoliyatini tugatgani va bugungi kunda nima ish bilan shug'ullanayotgani uning ishqibozlari uchun har doim qiziq bo'lib kelgan.
- Baxtiyor aka, ayni paytda nima ishlar bilan mashg'ulsiz?
- Hech qanday ish bilan shug'ullanayotganim yo'q. Faqat dam olyapman.
- Sizni biznes sohasiga qo'l urganingiz hiqida eshitgandim.
- Kim nima deyishni o'zi biladi. Ammo hozirgi paytda hayotimdan nolimayman.
- Futbolni butunlay tark etdingizmi?
- To'g'risi, futbol bilan umuman shug'ullanmayapman. “Andijon” jamoasining o'yinlarini ham ikki yildan beri ko'rganim yo'q.
- Nima sababdan futboldan bunchalik yiroqlashib ketdingiz?
- Men aytadigan gapni yozasizmi, yo'qmi bilmadim-u, “Andijon”da futboliga yuzaki qaraydigan insonlar bor. Qachonki, ular yo'q bo'lsa keyin yana ishlarman.
- Oxirgi marta “Andijon”da 2011 yili to'p surdingiz. SHundan so'ng hech qanday sababsiz ko'rinmay ketdingiz.
- Boshqalar o'z ayblarini birovlarga ko'rsatgisi kelmasdi. O'sha paytda jamoa etakchisi men edim. Murabbiylar aybini esa mendan boshqa hech kim gapirmasdi. Natijada ularga yomon ko'rinib qolganman. SHuning uchun noiloj ketishga qaror qilganman.
- O'shanda “Andijon”dan ketganingizdan keyin faoliyatingizni yana qaerdadir davom ettirish imkoniyatingiz bormidi?
- Albatta, buning imkoniyati bor edi. Menga ikkita jamoadan taklif tushgandi. Biroq farzandlarim ham asta sekin ulg'ayib borayotgani uchun uyimdan uzoqlashgim kelmadi. Agar yana faoliyatimni davom ettirishni istasam u xolda O'zbekistonning chekkaroq joyiga ketishimga to'g'ri kelardi. SHuning uchun o'sha variantlarni xatto ko'rib ham chiqmadim. SHunda Zidanni aytgan gapi yodimga tushdi. Yoshing yanada ulg'ayganida odamlar seni xali xam maydonda ko'rib tezroq ket deyishlari mumkin. SHu bois vaqtida futboldan ketdim degandi. Men ham shunday qildim. Ishonasizmi, barcha muxlislar menga yana bir necha yil futbol o'ynashingiz kerak edi deyishdi. SHu gapning o'zi men uchun katta yutuq.
- Demak, obro'-etiborim joyidaligida ketdim demoqchisizda!
- Ha, xuddi shunday. Hozir aytganimdek, faoliyatimni to'xtatganimdan barcha ishqibozlar yana bemalol to'p surish uchun kuchingiz etardi deb juda ko'p takidlashdi. Ularning bu fikrlari menga yoqimli tasir qildi. Birinchi ligada qolib o'ynab yurgandan ko'ra, oliy ligada asosiy tarkibda to'p surib faoliyatimni tugatdim.
- Ikki marta eng yaxshi to'purar bo'lgansiz. Bundan tashqari har doim to'purarlar orasida bo'lgansiz. Aytmoqchimanki, faoliyatingizdan rozi bo'lganmisiz?
- Ochig'ini aytsam, yana ozgina gol urganimda umumiy gollarim sonini 200taga etkazib qo'ygan bo'lardim. Lekin shunisiga ham shukur qilaman. “Andijon”da to'p surganimda chempionatning oxirgi turlarida o'ynamay qo'ygandim. Balki o'sha uchrashuvlarda ham to'p surganimda balki hozir 200lik dovonni zabt etgan bo'larmidim? Ammo futbol o'ynab ko'plab gollar urib muxlislar etiborini qozonganimdan xursandman.
- Nechta gol urganingizni hisoblab borarmidingiz?
- Men emas dadam gollarim sonini hisoblab borardi. Yana beshta gol urganingda 200taga etardi deb aytgan. SHu bois meni yana futbolga qaytishimga rosa majburladi. Ammo o'zim buni sira xohlamadim.
- Urgan gollaringiz orasida o'zingizga yoqadigan kuchli uchtalikni ayta olasizmi?
- Birinchi golimni siz ham eslasangiz kerak. Oliy ligada dastlabki o'yinimni ikkinchi turda “Yangier”ga qarshi o'tkazgandim. 6:3 hisobida yutgan uchrashuvda uchta gol urganman. O'shandan boshqasini eslay olmayman.
- Hujumchi tariqasida Baxtiyor Hamidullaev sifatida nom qozonishingizning asosiy omili nimada bo'lgan?
- Asosiysi, o'sha paytda yaxshi insonlar yo'limga chiqib qolgan. Meni “SHaxrixon”dan “Andijon”ga olib kelishgan. Oliy ligada o'zingi sinab ko'rgin, agar senga yoqmasa qaytib ketaverasan deyishgandi. Meni Sergey SHevchenko oliy ligaga olib chiqqan. Nabijon Sattorov bilan birgalikda meni “Andijon”ga olib ketishgan. SHu sababdan ikkala insondan minnatdorman.
- Futbolni tugatgach o'zingizni murabbiylikda sinab ko'rish ishtiyoqi paydo bo'lmadimi?
- Ishtiyoq bor. Hozir bu masalada takliflar bo'lib turibdi. Futbolni noldan boshlaganim kabi murabbiylikni ham noldan boshlamoqchiman.
- Sir bo'lmasa, takliflar qaerdan bo'ldi?
- To'g'risi, bular hozircha xom gap. Lekin murabbiylik borasida men haqimda ko'p fikrlar aytilyapti.
- Baribir murabbiylik kasbini boshlash niyatingiz bor ekanda?
- Yuqorida futbolchi sifatida yaxshi nom qozongansiz deb aytdingiz. O'sha gapingizga qo'shimcha qilib aytmoqchimanki, men futbol o'ynab uning mazasini his qilib rohatlanganman. Murabbiylik sohasida ham ana shunday rohatlanishni istayman. Niyatim murabbiy sifatida ham o'zimga yarasha hurmat etibor qozonish. Men futbol uchun tug'ilganman, undan boshqa ish qo'limdan kelmaydi.
- Murabbiylik ishini qachondan boshlamoqchisiz?
- Bu borada surishtirib yuribman. 2014 yildan murabbiylik uchun dastlabki kurslarga qatnashishni rejalashtirib turibman.
- Xalq oldida nom qozonib o'zini ko'rsata olgan o'yinchilar faoliyatini tugatayotganida xayrlashuv uchrashuvini o'tkazishadi. Sizda ham bunday reja bormidi?
- “Andijon”ning hozirgi murabbiylaridan minnatdorman. Negaki, ular menga o'rtoqlik uchrashuvini tashkil qilib xayrlashuv uchrashuvimni o'tkazmoqchi bo'lishdi. Ammo nimagadir o'zim bu narsani xohlamadim.
- Qiziq, nega rozi bo'lmadingiz? Odatda futbolchilar muxlislari bilan xayrlashuv o'yinlarini tashkil qilishni juda istashadi.
- Xayronman, xayrlashuv o'yini o'tkazishga ishtiyoqim bo'lmadi.
- “Andijon”ning kelajagini qanday ko'ryapsiz?
- Futbolni tugatganimdan so'ng jamoa o'yinlarini ko'rganim yo'q. Xattoki Andijon shahrining o'ziga ham bormadim. Andijon futboli to'g'risida o'ylaydigan kayfiyatim yo'q.
- Nima bo'lganda ham bundan keyin sobiq klubingizga qiziqib turasizmi?
- Jamoadan ketganingizdan keyin yana uning atrofida o'ralashib yursangiz-u, mabodo “Andijon” omadsizlikka uchrasa hamma aybdor sifatida meni ko'rsatishlari hech gap emas. Bu narsani esa men juda yomon ko'raman. SHuning uchun ham u erni tark etganimdan beri jamoaga halaqit qilmasdan tinchgina yuribman.
- Lekin faoliyatingizning gullagan davrlarini “Andijon” bilan o'tkazgansiz. Jamoaga katta foydangiz tekkanini hech kim inkor qila olmaydi. SHu sababli keyinchalik bu erda murabbiy bo'lib ishlashingiz ham mumkin. Aytmoqchimanki, qachondir sobiq klubingizga qaytishingiz mumkinmi?
- Hozirgi ko'rinishda buning iloji yo'q. Balki keyinchalik vaziyat o'zgarib ketar.
- Faoliyatingizni “SHahrixon”da boshlab “Andijon”ga o'tdingiz. Keyinchalik esa “Paxtakor”, “Neftchi” va “Olmaliq” klublari uchun maydonga tushdingiz. SHulardan kelib chiqib ramziy terma jamoangizni aytib bera olasizmi?
- Darvozada - Qobil Olimjonov, himoyachilar - Andrey SHipilov, Igor Sivuxa, Rustam Abdiev, Rustam Sobirov, yarim himoyachilar - Sergey Dub, Otabek Pirmatov, Tohir Mo'minov, SHavkat Abdurahmonov, hujumda - Baxtiyor Hamidullaev bilan Otabek Qilichev yoki Zafar Musaboev. Mayli, Qilichevni yozavering.
- Siz uchun yoddan chiqmaydigan ajoyib onlar qaysi paytga to'g'ri keladi?
- 1999 yilning ikkinchi davrasida deyarli mag'lubiyatsiz o'yinlarni o'tkazganmiz. O'sha davr men uchun yang yaxshilaridan biri bo'lib qolgan. Mendan oxirgi besh yillik tarkibni so'rasangiz aytib bera olmayman. Biroq o'sha yildagi tarkibimizni birma bir sizga aytib berishim mumkin.
- Baxtiyor aka, milliy chempionatimizda golga chanqoq hujumchilar kamayib borayotganga o'xshamoqda. Terma jamoada ham aynan hujumchilar bilan bog'liq kamchiliklar ko'zga tashlandi. Sizningcha, hozirgi hujumchilarga nima etishmayapti?
- Yoshlarimiz orasida talantli futbolchilar bor. Faqat selekcionerlar ularni izlab topishlari kerak. Menimcha oliy ligaga olib chiqib o'ynatib yuboradigan odam kam shekilli. O'smir va yoshlar terma jamoalarimiz jahon chempionatlarida o'zlarini ko'rsata olishdi. Ularning orasidan etuk o'yinchilar chiqadi deb o'ylayapman. Bundan keyin ana shunday yoshlarga etiborni yanada ko'proq qaratish kerak.
- Sizga qaysi hujumchilarning o'yini yoqadi?
- Igor Sergeev yaxshi hujumchi ekan. Ko'proq uning o'yinlarini ko'ryapman.
- Sobiq futbolchilar bilan hali ham munosabatingiz bormi?
- Oldingi do'stlar bilan gaplashib turaman. Lekin hozirgi yigitlar bilan aloqalar yo'q.
- Futbolni tugatgach ko'pchilik zerikib qolyapman deydi. Ammo sizda bunday emas, shundami?
- Futbol o'ynab yurgan paytlarimda do'stlarimga faoliyatimni tugatgach mazza qilib xordiq chiqaraman derdim. Xudoga shukurki, aytganimdek futbolni tark etib miriqib dam olyapman. Nasib bo'lsa, yana jiddiy ishga kirishib murabbiylik kasbini astoydil boshlayman. Futbolni tugatiboq murabbiylikka o'tishim ham mumkin edi. Ammo bu ishni eplay olmabdi demasliklari uchun avval yaxshilab xordiq chiqarishni niyat qilgandim.
- Murabbiy bo'lish maqsadida ilgari ishlagan qaysi mutaxassislarni o'rnak sifatida ayta olasiz?
- Birgina Sergey SHevchenkodan juda ko'p narsalarga erishganman. Hozirgacha uning menga aytgan o'gitlari yordam beradi. SHuningdek, Islom Ahmedov ham murabbiy sifatida menda yaxshi taassurot qoldirib undan ham o'rganganlarim bor.
- Umuman olganda, futbolni xursandchilik bilan tark etdingizmi yoki xafagarchilik bilanmi?
- Xudoga shukur qilaman. To'g'ri yana o'ynasam bo'lardi. Lekin obro'-etiborim joydaligida ketdim. Hali aytganimdek, muxlislarning yana bemalol o'ynay olardingiz degan gaplari barcha alam iztirobldarni yuvib tashladi.
- Bundan keyin “Andijon”dan yangi Hamidullaevlar etishib chiqishiga ishonasizmi?
- Buni vaqt ko'rsatadi. Ammo menimcha qiyin bo'lsa kerak.
FIRDAVSXON suhbatlashdi.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar