So’nggi yangiliklar

11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  4 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   3 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  13 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  6

Baxtiyor Boboev: "Futbolda selekciya doimo harakatda" Yangiliklar

Baxtiyor Boboev: "Futbolda selekciya doimo harakatda"

“Bunyodkor” FKni taqdirlash marosimi o'tkazilgan kechada “O'zbekneftegaz” MXK raisi tomonidan yangi mavsumda klub oldiga Osiyo CHempionlar ligasida zafar quchish vazifasi belgilanganligi aytib o'tildi.
Ochig'ini aytganda, vazifa oddiy emas. Uni bajarish uchun klubning har bir bo'g'inida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirish lozim. Muxlislar tomonidan Osiyo CHempionlar ligasi bosh sovrini uchun qanday tarkib harakat qiladi, chempion futbolchilardan kimlar jamoada qoladi, yangilar taklif etiladimi kabi savollar ko'p bo'lmoqda. SHunday savollarga javob olish uchun “Bunyodkor” FK Birinchi vice-prezidenti – Bosh direktori Baxtiyor Boboevga murojaat etdik.

- Avvalo, klub uchun muvaffaqiyatli o'tgan 2013 yilgi mavsum yakuni bilan tabriklamoqchiman.

- Rahmat! Haqiqatdan ham bu yil biz uchun oltin mavsum bo'ldi. Bunda kollektivimizdagi barchaning hissasi bor: futbolchi va murabbiylar, jamoa mamurlari va klub xodimlari, muxlislar va homiylarimiz. Yakunlangan omadli mavsumda muvaffaqiyatlarimizga o'z hissalarini qo'shgan barcha-barchaga alohida tashakkur izhor qilaman.

- Barchaga malumki, chempionlikka erishishdan ko'ra uni saqlab qolish murakkabroq. “Bunyodkor” oldida endi ichki musobaqalarda g'olib chiqishdan tashqari, Osiyo CHempionlar ligasida zafar quchish va shu orqali klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish vazifasi belgilandi. Klub bunga qanday erishmoqchi?
- Hukumatimiz rahbarlarining etibori, qo'llab-quvvatlashi va homiylarimiz yordami natijasida “Bunyodkor” eng so'nggi talablarga javob beradigan infratuzilmaga ega bo'ldi. Stadion, klub qarorgohi, futbol maktabi va xodimlar tasnifi borasida yaxshi sharoitlarga egamiz. Barchamiz belgilangan vazifa sari ishlashda davom etamiz.

- Oltin mavsum endi tarixda qoldi. Jamoa tarkibi qay darajada o'zgaradi?
- Jamoamiz safida muvaffaqiyatli to'p tepgan futbolchilarga boshqa klublardan takliflar tushdi. Bazi futbolchilarning shartnomalari yakuniga etdi va ular erkin agent sifatida boshqa jamoaga o'tib ketishlari mumkin. Biz har doim futbolchilar xohishini birinchi o'ringa qo'yib, ularning keyingi faoliyati omadli chiqsa biz bundan xursand bo'lamiz. Jamoamiz g'alabalariga sherik bo'lgan barcha futbolchilardan minnatdormiz. Biroq futbolda abadiy bitta tarkib bo'lmaydi.

- Lutfulla To'raev, Jasur Hasanov va boshqa futbolchilar “Bunyodkor”dan “Lokomotiv”ga o'tishdi, degan malumotlar paydo bo'ldi. Bu xabarlar qanchalik darajada aniq?
- Siz sanab o'tgan futbolchilar bilan 2013 yilni oxiriga qadar shartnomamiz bor. SHunday ekan ular bugungi kunda rasman “Bunyodkor” azolari. Biroq ushbu futbolchilar boshqa jamoaga o'tishlari mumkin. Bu oddiy holat.

- 2013 yilgi chempionat to'purari Oleksandr Pishur bilan yangi shartnoma imzolash muzokarasi yakunlandimi?
- Jamoamizga oltin medallar topshirilgan oqshomda Sasha bilan bir to'xtamga kelishib oldik va u yangi yilda ham “Bunyodkor” safida to'p tepadi.

- Klub oldiga qo'yilgan vazifani bajarish uchun jamoaga yangi futbolchilar jalb etilishi kerak. Tarkib kuchaytiriladimi?

- Albatta. Avvalo o'zimizdagi yoshlarga etibor qaratib, ularni asosiy jamoaga tayyorlashimiz kerak. SHuningdek, Dilshod Jo'raev, Sardor Rashidov, Alibobo Rahmatullaev va boshqa yoshlarimizdan yorqin o'yinlar kutib qolamiz. Futbolda selekciya yil davomida to'xtamaydi. Mutaxassislarimiz bizga foydasi tegishi mumkin bo'lgan futbolchilarni kuzatishdi. SHuningdek, jamoamiz bilan og'zaki kelishuvi bo'lgan futbol agentlari bilan ham ish olib boryapmiz. Mavsumoldi yig'inlarda murabbiylar shtabi bir qancha futbolchilardan ko'chdan kechirishadi. “Bunyodkor” talabiga javob berganlar bilan shartnomalar imzolaymiz. Klub oldiga qo'yilgan vazifani bajara oladigan tarkib yig'amiz.

Mirzahakim To'xtamirzaev suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика