So’nggi yangiliklar

20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  1 20:00"Қизилқум" — "Машъал" 1:0 (Матнли транслация)  2 19:20"Брентфорд" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  6 19:05Чемпионлик учун кураш авжида. "Нефтчи" ва "Насаф"нинг Суперлигадаги тақвими қандай?  33 18:58"Нефтчи" "водий дербиси"да "Андижон"ни мағлуб этди ва "Насаф" билан орадаги фарқни 2 тагача қисқартирди  61 18:53Суперлига. "Сўғдиёна" меҳмонда "Шўртан"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  7 18:31Артём Петросян: "Локомотив" футболчилари Суперлига даражасида. Улар бежиз лига пешқадами эмаслигини кўрсатишди"  0 18:05"Севилья" — "Барселона". Таркиблар маълум  68 18:01ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда "Карван"дан устун келди, Раҳмоналиев 89 дақиқа ўйнади  1 18:00Про лига. "Арал" "Жайхун"ни, "Локомотив" "Олимпик"ни мағлуб этди  2 16:33Суперлига. "Насаф"нинг қоқилиши интригани қайтарадими? "Нефтчи" учун ажойиб имконият  6 14:50"Чақирувдан хурсандман, боримизни бериб ҳаракат қиламиз" - Анваржон Ҳожимирзаев "Сурхон" устидан ғалаба ва миллий жамоага таклиф этилгани ҳақида  8 14:25"Наполи" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 13:58Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"дан кетиши мумкин  7 13:27"Реал" Родри учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  6

Baxtiyor Ashurmatov: “Derbi” o'z nomiga yarasha jangovar ruhda o'tdi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Derbi” o'z nomiga yarasha jangovar ruhda o'tdi"

Coca Cola superligasi 12-tur doirasidagi "Qo'qon-1912" - "Andijon" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

"Bugun “Andijon” jamoasida butunlay kutilmagan o'yin, kutilmagan taktik o'zgarish va boshqacha shijoatni ko'rdim. Biz uchun eng og'ir uchrashuvlardan biri bo'ldi. “Derbi” o'z nomiga yarasha jangovar ruhda o'tdi. Lekin bu bahs mavsumdagi eng yomon o'yinimiz bo'ldi deya olaman. O'ylagan taktik uslublarimiz ham o'xshamadi. G'alaba qozongan bo'lsak-da, murabbiy sifatida o'yinimizdan ko'nglim to'lmadi. “Andijon” bugun kamida durangga loyiq o'yin kursatdi. 

Hozir pandemiya, charchoq borligi hamma uchun tanish gaplar. Ayni damda barcha bir xil holatda deb uylayman. Jamoalarda 45 nafar futbolchi ro'yxatga olingani bois qaysidir futbolchi muammoga duch kelsa, o'yinni qoldirmaslikka kelishgandik, yani bahslar davom ettirilishidan oldin murabbiylar bu masalada o'zaro kelishib olgan edik.

Bu narsalarni bahona qilib ko'rsatmoqchi emasman. Ochig'ini aytaman, bugun o'yininimiz butunlay qovushmadi. SHu sababli bugungi g'alabani omadimiz kelgani bilan izohlagan bo'lardim. Yigitlar ham oxirigacha kurashishdi. Raqibimiz ham jangovar o'yin ko'rsatdi. 

Bugungi o'yin uchun har ikki jamoa azolariga minnatdorchilik bildiraman. Yana shu narsani qo'shimcha qilishim mumkinki, pandemiya sabab biror jamoa muammoga duch kelsa, PFLning har qanday qaroriga rozi bo'lamiz. Biz raqiblarning zaiflashuvidan manfaatdor emasmiz. Uch kundan keyin yana bir “derbi”da maydonga tushamiz. “Navbahor”ga qarshi bo'ladigan bellashuv ham oson bo'lmaydi" - deydi Ashurmatov. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика